Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro o‘zining boshqaruvidagi Spark avtomashinasini 23-mart kuni 16 yoshli qizga topshiradi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mashinaga haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa esa mashina egasi o‘tirgan. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi bo‘lgan.
16 yoshli qiz avtomashinani ichki yo‘lda boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘n tomonidan oqib o‘tuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida qizning onasi va singlisi nafas yo‘liga suv tiqilish tashxisi bilan vafot etgan. Haydovchi va otasi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Sodir bo‘layotgan YTHlar
2024-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.
3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi.
11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi Sanʼat muzeyi qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.
17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
2025-yil 13-fevral kuni Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi jarohatlandi. 17-fevral kuni Samarqandda katta tezlikda qizil chiroqdan o‘tgan Gentra ikki piyodani urib yubordi.
Izoh (0)