“Sun’iy intellektdan foydalanishda yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Loyihada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan axborot resurslariga markirovka qo‘yish talabi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan axborot resurslari va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari inson, uning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlarini buzmasligiga oid talabni kiritish ko‘zda tutilyapti.
“Sun’iy intellekt” tushunchasiga ta’rif berilishi bilan birga, sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda maxsus vakolatli organning vazifalari, axborot resurslarini yaratishda hamda axborot tizimlari ishida sun’iy intellektdan foydalanishning umumiy qoidalari belgilanyapti.
Qonun loyihasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish va uni OAV hamda Internetda tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Adliya vazirining “Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning namunaviy tartibini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilingan edi. Shaxsga doir maxsus maʼlumotlarga ishlov berish uchun subyektning roziligi yozma shaklda yoki elektron hujjat tarzida olinishi lozim.
Ofertada (ommaviy shartnomada) shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishning maqsadlari aniq ko‘rsatilgan taqdirda, ofertani (ommaviy shartnomani) qabul qilish (tasdiqlash) subyektning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishga roziligi deb hisoblanadi.
Izoh (0)