Toshkentda ichki ishlar organi xodimlari tunda yurgan yigit va qizni kaltaklab, ularni jinsiy tahqirlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. IIV matbuot kotibi holatga munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 8-iyun kuni soat 02:30 da Mirzo Ulug‘bek tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning shaxsini aniqlash zarurati yuzaga kelgan. Bunga ularning giyohvand modda tashishda gumon qilingani va profilaktika nazoratini buzgani sabab bo‘lgan.
Qiz va yigit avval boshidan IIO xodimlarining harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.
“Ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan voqealarning biryoqlama talqin qilinishi, shuningdek, maqolalarda yoshlarning sarguzashtlari bo‘yab tasvirlangani sababli ijtimoiy tarmoqlarda turli millatchilik ruhidagi bayonot va mulohazalar tarqala boshladi”, — deb yozadi IIV vakili Shohrux G‘iyosov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi millatlararo adovatni sun’iy ravishda qo‘zg‘atishga bo‘lgan urinishlar birinchi marta kuzatilmayapti.
Ta’kidlanishicha, tergov fuqarolarning tasvirda aks etgan tan jarohatlarini qayerda va qanday sharoitda olgan bo‘lishi mumkinligini hozircha aniqlamagan. “OAV va ijtimoiy tarmoqlar faollaridan ichki ishlar organi xodimlari hamda fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilishini kutishlarini so‘raymiz”, — deyiladi munosabatda.
Avvalroq Bosh prokuratura hozirda mazkur fakt yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga doir:
- Qashqadaryoda mol o‘g‘riligida gumon qilingan erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda
- Chiroqchida bir necha IIB xodimi qamoqqa olindi. Ular odam o‘ldirishda gumon qilinmoqda
- “‘Uchastkavoy’laringni qutqarib qolsalaring, urgani yo‘q desalaring, rozi qiladi”. Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning og‘zini yopishga uringan
- “Chiroqchi voqeasi” ortidan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishdan ketdi“Chiroqchi voqeasi” bo‘yicha qamoqqa olinganlardan biri IIB boshlig‘i ekanligi aytilmoqda
Izoh (0)