• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda ichki ishlar vaziriga murojaat yo‘llagan sobiq “uchastkavoy”ga 7 ta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

    24-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi Namangan IIO FMB 2-sonli IIBning sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi interaktiv xizmatlar portaliga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Kadr: Facebook

    Kadr: Facebook

    Ishga oid materiallarga ko‘ra, IIBning sobiq xodimi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha ayblanmoqda:

    • 168-modda 3-qismi “b” va “v” bandlari (firibgarlik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, xizmat mavqeyidan foydalanib);
    • 205-modda 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish);
    • 206-modda 1- qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
    • 208-modda (hokimiyat harakatsizligi);
    • 209-modda 2-qismi “a” bandi (mansab soxtakorligi takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan);
    • 238-modda 2-qismi (surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko‘rish chog‘ida yolg‘on ko‘rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg‘on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og‘dirib olish, xuddi shuningdek, ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish orqali yolg‘on ko‘rsatuv berishga majbur qilish);
    • 230/1-modda 1-qismi (dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish)).
    Ish bo‘yicha jabrlanuvchi sifatida Abdulaziz Abbosov ko‘rsatilgan. Sud sudya Baxtiyor Tavakkalov raisligi ostida o‘tkazilmoqda.

    “Kun.uz” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchi jarayon OAV vakillari va blogerlar tomonidan to‘liq videotasvirga olib borilishini so‘rab, sud raisiga iltimosnoma kiritgan. Prokuror esa ish IIVga aloqadorligi, unda sohaga oid davlat sirlari ko‘rilishi mumkinligi vaji bilan ushbu iltimosnomani rad etishni so‘ragan. Sud maslahatlashuvdan so‘ng jarayonni videotasvirga olishga ruxsat bergan, faqat sudga ta’sir o‘tkazilishining oldini olish maqsadida hukm e’lon qilinmaguncha ushbu videotasvirlarni tarqatishni taqiqlagan.

    Sardorbek Otaboyev majlisda unga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarni rad etgan.

    Sobiq profilaktika inspektori ishi

    2021-yil 12-noyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Namangan shahar IIO FMB 2-sonli profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyev IIBdagi holatlar yuzasidan ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga videomurojaat yo‘lladi.

    Murojaatda aytilishicha, “Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB rahbari mayor Aziz Sattorov qo‘l ostidagi profilaktika inspektorlariga har kuni 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzish, bir yilda 2 ta ma’muriy nazorat o‘rnatish kabi talablarni reja qilib belgilab bergan”. “HPB (Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi — tahr.) boshlig‘i podpolkovnik Inomov Boburga 50 AQSh dollari berilsa, reja bajarilgan deb belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, kadrlar bo‘limi boshlig‘i mayor Abdulaziz Umurzaqov doimiy ravishda noqonuniy tarzda xufiyona xizmat tekshiruvlarini o‘tkazib keladi”, — deyiladi murojaatda.

    Videomurojaatdan to‘rt kun o‘tib Sardorbek Otaboyev boshqa fuqarolar nomiga berilgan kreditlarni o‘zlashtirishda ayblanib hibsga olingan. Namangan viloyati IIB gumonlanuvchi “mas’uliyatdan qochish” maqsadida murojaat qilganini ta’kidlagan.

    Bosh prokuratura Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, gumonlanuvchi turli bahonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan ayblov e’lon qilingani ma’lum qildi. 13-noyabr kuni sudning ajrimi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

    Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumani “Baynalminal” MFY profilaktika inspektori lavozimida ishlagan Nozimjon Nishonov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Muxtor Mirzayevga videomurojaat bilan chiqqandi. Murojaat davomida u Quva tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari mayor Ahmadjonov profilaktika inspektorlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilgan.

    Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov mazkur holatga munosabat bildirib, Quva tumani IIB rahbariyatining noqonuniy harakatlari bo‘yicha tarqatayotgan vajlar o‘rnatilgan tartibda tekshirilib, holatga huquqiy baho berilishini ma’lum qilgan edi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston IIVning nohaq ishdan bo‘shatilgan sobiq xodimasi oradan 8 yil o‘tib lavozimiga tiklandi
    • Uchtepa aholisi ichki ishlar vaziriga murojaat qildi. Ular tumanda fohishalar va giyohvandlar ko‘payganiga chora ko‘rishni so‘ramoqda

    28.01.2022, 15:49   Izoh (0)   50765
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston aholisi 2021-yilda doimiy yashash uchun asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketgani ma’lum qilindi

    28.01.2022, 15:36

    Buxorodagi “Chor Minor” madrasasi hududi qo‘yxonaga aylantirilgani rad etildi

    28.01.2022, 15:07

    Foto: Qarshida kuchli shamol oqibatida qulagan reklama monitori

    28.01.2022, 13:56

    O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimidagi barcha maktablarga oid ma’lumotlar yagona platformaga birlashtiriladi

    28.01.2022, 13:36

    Surxondaryoda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv to‘g‘risida ma’lumot berildi

    28.01.2022, 13:06

    O‘zbekistonda tabiiy gaz ta’minoti to‘liq tiklandi

    28.01.2022, 12:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.