• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onadagi portlash jabrlanuvchilariga tovon puli to‘lanadimi?

    2024-yilning 17-dekabr kuni Farg‘ona shahri Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan Petrolium avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘lgani rasman tasdiqlangan. Bundan tashqari, o‘nlab odamlarning sog‘lig‘i va mulkiga jiddiy zarar yetkazilgan. Xo‘sh, fojia qurbonlari, shuningdek, jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lab beriladimi? “Daryo” mazkur mavzu atrofidagi mulohazalarni bir maqolada jamladi.

    Foto: Telegram

    Jabrdiydalar ko‘lami

    Fojianing ilk kunida jamoatchilikka taqdim etilgan rasmiy maʼlumotda portlash natijasida kelib chiqqan yong‘inda 1 kishi halok bo‘lgani, 4 kishi tan jarohati olgan, 8 kishi tibbiyot xodimlari nazoratida qolayotgani aytilgandi. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 18-dekabr kuni shifoxonaga yotqizilgan jabrlanuvchilardan uch nafarining joni uzilgani maʼlum bo‘ldi. Biroq hozirga qadar qurbonlarning jinsi, yoshi va ismi ochiqlangani yo‘q.

    Jamoatchilik orasida qurbonlar va jabrlanuvchilarning soniga doir rasmiy maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, buni ijtimoiy tarmoqlarda farg‘onaliklar yozib qoldirgan izohlar ham tasdiqlashi xususida avvalgi maqolamizda so‘z yuritgandik. Internet foydalanuvchilarining portlash qurbonlari soni yigirma nafardan oshishini aytishgan. Shu paytgacha respublikadagi hech bir vakolatli organ bu gap-so‘zlar qanchalik rost yoki haqiqatdan yiroq ekaniga biror bir munosabat bildirgani yo‘q.

    Qolaversa, mutasaddilar portlash oqibatida tan jarohati olganlarning kimligi, ayni paytdagi salomatligi qanday holatda ekani xususida ham lom-mim deyishmayapti.

    Jurnalist Muhrim Aʼzamxo‘jayev hodisa oqibatida vafot etganlarning yaqinlariga va tan jarohati olganlarga qanday yordam ko‘rsatilayotgani, shuningdek, kompensatsiya masalasida shu paytga qadar tayinli gap-so‘z bo‘lmaganini taʼkidlaydi.

    Bunaqa hodisalardan keyin odatda hukumat komissiyalari tuzilardi. Shunday komissiyalar, masalan, hodisa oqibatida yetkazilgan zararning dastlabki miqdorini ham aytardi. Hodisa joyidan tarqalgan foto va videolarda yonayotgan va zarar ko‘rgan mashinalar bor edi, uy-joylar, do‘konlarga zarar yetgandi. Ularning ham qandaydir hisobi bo‘ladi-ku – shu maʼlumotlar ham, shuningdek, zarar ko‘rganlarga yetkazilgan zarar qanday qoplanishi ham aytilgani yo‘q, deb yozgan jurnalist o‘z Telegram kanalida.

    Ishchi-xizmatchilar huquqi

    Garchi rasmiy maʼlumotlarda bu borada birorta qayd uchramasa-da, portlashda “zapravka”ning ishchi-xizmatchilari ham jabr ko‘rgan bo‘lishi ehtimoli yuqori. Biroq 17-dekabr kuni ro‘y bergan hodisada qurbon bo‘lgan yoki jarohat etganlarning necha nafari AYQSH va AGQSH ishchi-xizmatchilari ekani nomaʼlum.

    Foto: Farg‘ona viloyati FVB

    Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektori Nozima Sulaymonovaning aytishicha, qonunchilikka ko‘ra, yuqoridagi kabi holat yuzasidan baxtsiz hodisani tekshirish bo‘yicha komissiya tuziladi va 15 kun ichida sabablari o‘rganiladi.

    Hujjatlar rasmiylashtirilib, har bir jarohat olgan yoki jabr ko‘rgan oilaga komissiya aʼzolari tashrif buyurib, qonunchilik bo‘yicha imkoniyatlari va huquqlarini tushuntirishi shart. Barcha hujjatlar rasmiylashtirilgach, uzog‘i bilan 1 oy muddatda barcha to‘lovlar amalga oshirilishi kerak.

    Agar, xodim hodisa oqibatida jarohat olgan bo‘lsa, bir martalik to‘lov bir yillik o‘rtacha ish haqini tashkil etishi darkor. Bundan tashqari, mehnat qobiliyatini to‘la tiklagunga qadar, to‘lovlar foizlarda amalga oshiriladi.

    Yaʼni, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik darajasi foizlarda aniqlanadi. Agar 30 yoki 40 foiz bo‘lsa, o‘rtacha maoshining shuncha miqdori sog‘lig‘i tiklangungacha yoki umrbod to‘lab boriladi, deydi mutaxassis.

    Qo‘shimcha qilinishicha, jarohat olgan yoki vafot etgan har bir xodim bevosita nazoratga olinadi. Mabodo korxona tugatilgan taqdirda to‘lovlar davlat zimmasiga tushadi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

    Foto: Farg‘ona viloyati IIB

    Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi chog‘ida vafot etgan taqdirda, uning oila aʼzolariga yetkazilgan har qanday zararni (shu jumladan, maʼnaviy zararni) ish beruvchi, basharti boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘liq hajmda to‘laydi. Yaʼni ish beruvchi marhum xodimning oila aʼzolariga quyidagilarni to‘laydi:

    • maʼnaviy zarar;
    • boquvchining vafot etgani munosabati bilan zarar;
    • vafoti munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqa.

    Xususan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda Ish beruvchi xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart.

    Bundan tashqari, boquvchi bo‘lgan xodim (bundan buyon matnda boquvchi deb yuritiladi) mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoki sog‘liqqa yetkazilgan boshqa shikast tufayli vafot etgan taqdirda ish beruvchi quyidagi shaxslarga ziyonning o‘rnini qoplashi shart:

    • marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga yoki uning vafot etgan kuniga qadar undan taʼminot olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga;
    • marhumning vafotidan keyin tug‘ilgan farzandiga;
    • ota-onasidan biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga), eriga (xotiniga) yoki boshqa oila aʼzosiga, agar u ishlamayotgan bo‘lsa hamda marhumning o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yoki bu yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, ammo tibbiy muassasalarning xulosasiga ko‘ra sog‘lig‘i holati bo‘yicha o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan bolalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini yoki nabiralarini parvarish qilish bilan band bo‘lsa.

    Bolalarning qaramoqda ekanligi taxmin qilinadi va dalillar talab qilmaydi.

    Quyidagilar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadi:

    • o‘n sakkiz yoshdan oshgan shaxslar, agar ularga shu yoshga to‘lguniga qadar nogironlik belgilangan bo‘lsa;
    • oltmish yoshga to‘lgan erkaklar va ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
    • o‘ziga nisbatan nogironlik belgilangan shaxslar.

    Oila aʼzosining mehnatga qobiliyatsizligi yuz bergan vaqt (boquvchining vafotidan oldin yoki keyin) uning ziyonning o‘rni qoplanishiga bo‘lgan huquqiga taʼsir qilmaydi. 18 yoshga to‘lgan va undan katta o‘quvchilar kunduzgi taʼlim tashkilotlarida o‘qishni tugatguniga, lekin ko‘pi bilan 23 yoshga to‘lguniga qadar ziyonning o‘rni qoplanishiga bo‘lgan huquqqa egadir.

    Mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi tufayli boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmasligi kerak.

    Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan yetkazilgan ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga nisbatan ziyonning miqdori marhumning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida, uning o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushni va uning qaramog‘ida bo‘lgan, ammo ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lmagan mehnatga qobiliyatli shaxslarning ulushi chegirib tashlangan holda belgilanadi.

    Ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan shaxslarning har biriga nisbatan ziyonning o‘rnini qoplash miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining ushbu shaxslarning barchasiga to‘g‘ri keladigan qismi ularning soniga bo‘linadi. Marhumning qaramog‘ida bo‘lmagan, ammo ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar uchun uning miqdori quyidagi tartibda belgilanadi, agar:

    • taʼminot mablag‘i sud tartibida undirilgan bo‘lsa, u holda ziyonning o‘rnini qoplash sud tomonidan tayinlangan miqdorda belgilanadi;
    • taʼminot mablag‘i sud tartibida undirilmagan bo‘lsa, u holda ziyonning o‘rnini qoplash ularning moddiy ahvoli hamda marhumning hayotlik vaqtida ularga yordam ko‘rsatish imkoniyati hisobga olingan holda belgilanadi.
    • Ish beruvchi xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart. Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki maʼnaviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.

    Mehnat huquqlari bo‘yicha advokat Saydali Muxtoraliyevning tushuntirishicha, baxtsiz hodisalar, xususan, ishchi vafot etgan vaqtda aksar ish beruvchilar masalani xaspo‘shlashga, marhumning oila aʼzolariga 100-150 million so‘m berib, masalani yopdi-yopdi qilishga urinadi.

    Saydali Muhtoraliyev
    Foto: “Daryo”
    Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, xodim mehnat jarohatiga bog‘liq holda vafot etgan taqdirda, ish beruvchi marhumning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz, shuningdek, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarga yoki marhum vafot etgan kungacha undan nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga, marhumning vafotidan so‘ng tug‘ilgan farzandiga, shuningdek, ota-onalaridan biriga, umr yo‘ldoshiga yoki oilasining ishlamaydigan va vafot etganning 3 yoshga to‘lmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralari parvarishi bilan band bo‘lgan boshqa aʼzosiga zararni to‘lashi shart deb qayd etilgan. Xodimning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda xodimning vafoti munosabati bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori esa, marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas, deydi Saydali Muxtoraliyev.

    Agar jabrlanuvchi tomonidan qo‘pol ehtiyotsizlik qilingan va ish beruvchining aybi bo‘lmagan hollarda, uning aybidan qatʼi nazar javobgarlik kelib chiqadigan bo‘lsa, to‘lanadigan zarar miqdori ham shunga muvofiq ravishda kamaytiriladi, lekin ish beruvchini butunlay zararni to‘lashdan ozod qilmaydi.

    Boshqa jabrlanuvchilarga-chi?

    AYQSHdagi portlash oqibatida halok bo‘lgan, salomatligiga putur yetgan fuqarolardan tashari, fuqarolarning transport vositalari, uy-joylari, noturar bino-inshootlar, tadbirkorlik mulklari zararlangan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Advokat Abdumalik Abdullayevning aytishicha, zapravkadagi portlash sababli fuqarolarga mulkiy zarar yetkazilgan bo‘lsa, zarar ko‘rgan fuqarolar dastlabki tergov olib borayotgan tergov organiga murojaat qilishga haqli.

    Ular mulkiy zarar yetkazilgan sababi bilan jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilishi mumkin. Mulkiga zarar yetgan fuqaro “Menga mulkiy zarar yetkazildi deb”, murojaat qiladi va tergovchi ushbu fuqaro bilan bog‘liq tergov harakatlarini o‘tkazadi.

    Haqiqatan ham mulkiy zarar zapravka portlashi oqibatida yetkazilgani tasdiqlansa, ushbu fuqaro jinoyat ishi bo‘yicha “jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogar” deb topiladi. Ushbu fuqaro jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davomida va sud majlisida “jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogar” maqomida ishtirok etadi.

    Jabrlanuvchilar yoki vafot etgan shaxslarning yaqinlari statsionarda davolanishi, dafn marosimini o‘tkazish xarajatlari va tovon puli miqdori sud tartibida belgilanadi, dedi Abdumalik Abdullayev.

    Abdumalik Abdullayev
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Advokatning qo‘shimcha qilishicha, fuqarolarda portlashdan maʼnaviy zarar yetkazilgani dalili bo‘lsa, shu ish doirasida jabrlanuvchi, deb topilishi mumkin. Masalan, 2018-yil sentyabr oyida Sergelidagi omborda yuz bergan portlashda 164 nafar fuqaro jabrlangan va 1 nafar bola vafot etgandi. Sud jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogarlarga javobgardan 282 milliard so‘m mablag‘ solidar tartibda undirilishi belgilagan.

    O‘zbekiston tarixidagi eng yirik falokatlardan biri — 2020-yilning 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘oning o‘pirilishi. O‘shanda 90 mingga yaqin aholi boshqa joyga evakuatsiya qilingan, 6 kishi (ulardan biri Milliy gvardiya xodimi) vafot etgan, 5 mingga yaqin xonadonlar zarar ko‘rgan, 6 ming uy hayvoni qurbon bo‘lgan, 20 ming gektar ekin yeri suv ostida qolgandi.

    Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston hukumati kamida 1,5 trillion so‘m pul ajratgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan toshqin oqibatida uysiz qolgan oilalarga 86 ta besh qavatli uy qurildi, 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga prezidentdan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, maishiy texnikalar to‘plami sovg‘a sifatida topshirilgan edi. Bundan tashqari, rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov sirdaryoliklar uchun 10 million dollar xayriya mablag‘i ajratgan. Vafot etganlarning yaqinlariga tovon puli masalasi ochiq qolgan. Suvda oqib, bedarak yo‘qolgan Milliy gvardiya xodimi “Jasorat” medali bilan taqdirlanganini bilamiz xolos.

    Tovon puli to‘langan fojialar

    Ish vaqtida jabrlangan yoki vafot etgan ishchiga tovon puli to‘lab berilgan ko‘plab holatlar jamoatchilikka maʼlum. Masalan, 2018-yilda majburiy mehnatga katta zarba bergan voqelik sifatida qaralgan — Samarqandda yo‘l yoqasini tozalashga olib chiqilgan o‘qituvchi Diana Yenikeyeva yuk avtomashinasi urib ketishi oqibatida vafot etgandan edi. Sud uning oilasiga bir marta to‘lanadigan 44,5 million so‘m bir yo‘la nafaqa miqdori belgilangan. Bunda Diananing olti yillik o‘rtacha ish haqi hisobga olingan. Shuningdek, Diananing bitta farzandiga 16 yoshga to‘lgunga qadar oyma-oy 207 ming so‘m va yana bir farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar jami 2 million 211 ming 634 so‘mlik to‘lov ham tayinlangan.

    Marhum Diana Yenikeyeva oilasi bilan
    Foto: Internet
    Yana bir holatda — Yunusobodda 2019-yilning dekabr oyida metro qurilishida 6 nafar qurilish tashkiloti ishchilari tuproq bosib qolishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgandi. O‘shanda sud mahkamasi pudratchi tashkilotdan vafot etganlarning oila aʼzolari 100 million so‘mdan dafn puli va 161 million so‘mdan tovon puli undirib bergan. Bundan tashqari, ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun nafaqa tayinlangan. Shuningdek, jabrlanuvchi va fuqaroviy daʼvogarlar maʼnaviy zararni ham undirish maqsadida quruvchi korxona ustidan sudga murojaat qilishgani to‘g‘risida “Daryo”da axborot bor, lekin natijasi maʼlum emas.

    Farg‘ona shahridagi portlashdan avvalroq — 2024-yilning sentyabr oyida Boysun tumanidagi gaz konida yuz bergan portlashda 4 kishi vafot etgandi. O‘shanda yuzlab fuqarolar boshqa hududga evakuatsiya qilingan. Aytilishicha, avariya qurbonlarining oila aʼzolari vasiylikka olinadi va Eriell Group kompaniyasi kompensatsiya to‘lab beradi. Biroq hozirgacha tovon puli miqdori ochiqlanmagan. Shuningdek, portlash oqibatida yuzaga kelgan ekologik zaharlanishdan jabrlanganlar tergovga chaqirilib, daʼvogarlik maqomi berilgani xususida ham hech qanday axborot yo‘q.

    Farg‘onada portlagan “zapravka”: ochiq qolayotgan savollar (18+)

     
    24 yanvar, 19:42   Izoh (0)   11282
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Fargʻona#portlash#tovon#kompensatsiya#qurmon#ma'naviy zarar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? (ro‘yxat)

    27.01.2023, 13:28

    “Oʻzbekneftgaz”: 8 ta konda geologiya-qidiruv ishlari tugatilib, yakuniy zahiralari hisoblanmoqda

    29.01.2023, 14:09

    “Oʻzbekneftgaz”: “Urganch neft bazasi” MCHJ va “Fargʻona neft bazasi” MCHJga tegishli boʻlgan 10 ta koʻchmas mulk “E-Auksion” elektron savdo maydonchasi orqali omm...

    31.01.2023, 14:00

    “Pop va Fargʻona tumanlarida 600 Megavattli 2 ta quyosh stansiyasi quriladi” — prezident

    01.02.2023, 15:46

    2023-yilda Andijon, Quvasoy, Qoʻqonda, “Yangi Andijon” va “Eko Fargʻona” massivlarida kogeneratsiya loyihalari amalga oshiriladi 

    01.02.2023, 16:23

    “Fargʻonada Burhoniddin Margʻiloniy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil qilmoqchimiz” — Shavkat Mirziyoyev 

    02.02.2023, 11:26

    “Paxta maydonlarini nasosda sugʻorishda elektr xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi” — prezident 

    02.02.2023, 11:46

    “Vodiyda toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 2023-yil kamida 2,5 mlrd dollarga yetkazish boʻyicha yetarli zaxira bor” — Shavkat Mirziyoyev 

    02.02.2023, 11:57

    “Oʻzbekneftgaz”: Isteʼmolchilarga Ai-80 rusumidagi avtobenzinni yetkazib berish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda

    02.02.2023, 12:30

    Oshirilgan ballar, talabalar tomonidan jinoyatlar: Jismoniy tarbiya va sport universitetida qator kamchiliklar aniqlandi 

    09.02.2023, 13:51

    “O‘zgidromet” 10-fevral kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    09.02.2023, 17:20

    “Turkiyada kuchli zilzila boʻlishi avvaldan kutilgandi” — professor Voxidxon Ismoilov bilan yer silkinishi hodisasi toʻgʻrisida suhbat (video)

    10.02.2023, 17:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.