• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sevimli” telekanali jurnalistlari IIO xodimlari tomonidan kaltaklandi. IIV mas’uli holatga munosabat bildirdi

    11-iyun kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida U-23 Osiyo kubogining chorak finali doirasida O‘zbekiston termasi Iroq milliy jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazgandi. O‘yinini yoritishga borgan “Sevimli” telekanali tasvirchisi ichki ishlar organi xodimlari tomonidan kaltaklangan. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi, biroq material hozirda o‘chirib tashlangan, shunga qaramay, Facebook’da uning nusxasi saqlanib qolgan.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Ma’lum qilinishicha, futbol chempionatining chorak final bahslarini yoritish “Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturining ham ijodiy rejasida bo‘lgan. AFC bahslarni yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tkazgan. Bunga qadar bo‘lgan o‘yinlar ham sport muxbiri va uning tasvirchisi tomonidan yoritib kelingan. “Biroq kechagi o‘yin hamkasblarimiz uchun qimmatga tushdi”, — deyiladi materialda.

    21:00 lar atrofida (intervyu olish maqsadida) ikki xodim “Paxtakor” stadioniga borib organ xodimlarining qarshiligiga uchragan. Futbolni yoritish uchun berilgan maxsus ruxsatnomani ko‘rsatishlariga qaramay, ular haqoratlangan.

    Shundan so‘ng ijodiy guruh o‘zining e’tirozlarini bildirgan va stadion oldidagi holatni tasvirga olishni boshlagan. Organ xodimlari esa tasvirchining ruxsatnomasiga chang solgan. Kamerasini tortib olgan. Tasvirchining qo‘lini orqaga qayirib, jurnalistdan uzoqlashtirgan.

    “Faoliyatim davomida birinchi marta shunday holatga duch keldim. Chunki konfliktga boradigan odam emasman. Buni meni yaqindan taniganlar yaxshi bilishadi. Ochig‘i, o‘sha mahalda o‘zimni jinoyatchidek his qildim. Organ xodimlaridan biri dabdurustdan mikrofonimga tashlandi va uni kimgadir uloqtirdi, qo‘limni orqaga qayirdi. Ikkinchisi esa kamarimdan mahkam ushlab oldi”, — deydi jurnalist.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, 6-7 nafar ichki ishlari xodimi va bir nafar Milliy gvardiya xodimi tasvirchini tepkilagan. Xodimlardan biri uning oyog‘ida “dubinka” bilan ham urgan.

    “Bu jarayon soniyalar ichida sodir bo‘ldi-ki, nima bo‘layotganini anglab-anglolmasdim. Odamlar OAV xodimlari tepkilanayotganini tasvirga olayotgandi. Ko‘pchilik oldida izza bo‘lganimiz qoldi. Qo‘llarimizni qayirib, Shayxontohur tuman IIB binosiga olib borib, navbatchilik qismiga topshirishdi.

    Tasvirchim og‘riqqa chidolmay, ichki ishlar binosi koridorida yerga o‘tirib qoldi. Meni esa tashqariga chiqarib yuborishdi. Operatorimning sog‘ligi yomonlashayotganini ko‘rib, tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilishga majbur bo‘ldim. Tibbiyot xodimi ichki ishlar bo‘limida qoldirish xavfli ekanini, zudlik bilan shifoxonaga olib ketish lozimligini aytdi. Shundan so‘ng sherigimni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketishdi”, — deydi jurnalist.

    Tasvirchi bo‘lgan voqea haqida gapirar ekan, do‘pposlash vaqtida organ xodimlari unga elektroshoker qo‘llaganini, agar nimjonroq odam bo‘lsa, buncha kaltaklashdan keyin o‘lib qolishi ham hech gap emasligini ta’kidlagan.

    “Urib qo‘limdagi kamerani tortib oldi. Har tomonimdan musht tushirdi lekin yiqilmadim. 6-7 kishi bir vaqtning o‘zida tepkilardi. Shu payt ulardan biri ikki marta ko‘krak qismimga elektroshoker tekkazdi. Men yiqildim. Qolganini aniq eslolmayman. Tanamdagi og‘riq zo‘ridan ko‘zim oldi dam qorong‘ilashib, dam xiralashib... Ma’lum vaqt hushimni yo‘qotdim.

    Meni shifoxonaga olib borganda hamkasblarim 102 ga xabar berib, holatni tushuntirgan. Ammo mana bir sutkaki, ulardan darak yo‘q. Meniku, jonim omon qoldi. Biroq o‘rnimda boshqa “slabiyroq” odam bo‘lganda, u zarblarga dosh berolmay, o‘lib ham qolishi mumkin edi. Bir odamning taqdiriga shu qadar befarq qaraladimi?”, — deydi tasvirchi.

    Shifokorlar unga jag‘-tish sinishi tashxisini qo‘ygan.

    Qayd etilishicha, tasvirchi kasalxonaga olib ketilgandan keyin jurnalist kamera, shtativ, mikrofon va ruxsatnomalarini qaytarib berishni so‘ragan. Uning ko‘z oldida fleshkani Toshkent shahar IIBBga yuborishgan va “o‘zing o‘sha yerdan olasan” deyishgan. Bu orada futbol allaqachon tugab ham bo‘lgan. Soat tungi 02:10 larda muxbir shikastlangan kamera va shtativni olgan. Biroq mikrofon va ruxsatnomalar hamon qaytarilmagan.

    “Eng qizig‘i, bo‘lar ish bo‘lgandan so‘ng muxbirdan ichki ishlar xodimlari kechirim so‘rab, ortiqcha gap qilmasligi va biron joyda gapirib yurmasligini aytgan”, — deyiladi xabarda.

    IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov sodir bo‘lgan voqeaga munosabat bildirib, holat bo‘yicha tekshiruv tayinlanganini ma’lum qildi.

    G‘iyosovning yozishicha, “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston—Iroq futbol terma jamoalari o‘yini jarayonida jamoat tartibini saqlashga biriktirilgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan soat 21:00 dan keyin stadionda bo‘sh joylar qolmagani sababli, fuqarolarni stadionga kirishi to‘xtatilgan.

    Shu vaqtda, Alisher Navoiy ko‘chasi tarafdan stadionga kirish uchun tashkil etilgan tashqi nazorat perimetrda ayrim fuqarolar norozilik bildirib, stadionga kirishga harakat qilib, janjal uyushtirishgan. Xodimlar tomonidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan bezorilik harakatlari zudlik bilan bartaraf etilib, bir nechta fuqaro tuman IIBga olib borilgan.

    Aniqlanishicha, fuqarolar orasida “Sevimli” telekanali “Zamon” dasturining vakillari ham bo‘lgan hamda odamlar o‘rtasidagi mushtlashuv jarayonida telekanal operatori T.I.ga tan jarohatlari yetkazilib, texnik ashyolari zarar ko‘rgan. Unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilib kasalxonaga yetkazilgan.

    “Shu kuni boshqa fuqarolardan tan jarohati olgani bo‘yicha ma’lumotlar kelib tushmagan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruv tayinlanib, jamoat tartibini buzgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi munosabatda.

    Mavzuga doir: Samarqandda chet el fuqarolariga elektroshoker qo‘llash bilan bog‘liq voqeadan so‘ng 4 nafar xodim tizimdan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

    13.06.2022, 09:51   Izoh (0)   37580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi “Chorsu” bozoridan 158 kilo shakar sotib olgan fuqaro aniqlandi

    13.06.2022, 09:28

    Prezident Karimovning hayitligi, butun o‘zbek xalqining ahd-paymoni, televizorni o‘g‘irlanishdan saqlashning hayrondaracha usuli. O‘zbek matbuoti 13-iyunda nimalar...

    13.06.2022, 07:30

    Samarqandda soxta ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi

    12.06.2022, 23:52

    Qashqadaryoda uyida eshak so‘ygan er-xotinga jazo tayinlandi

    12.06.2022, 22:59

    Qashqadaryoda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia ag‘darilib ketdi

    12.06.2022, 22:21

    O‘zbekistonda 11-sinf o‘quvchilarining 11 foizi maktabni bitirgach xorijga ketmoqchi — So‘rovnoma

    12.06.2022, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.