• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Kalmar o‘yini”ni ko‘rganlar uchun: hayot-mamot o‘yinlari haqidagi eng yaxshi filmlar (treyler)

    26-dekabr kuni Netflix’da ikki yil oldin butun dunyoda shov-shuvga aylangan Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumi namoyish etildi. Mazkur serialni ko‘rgan bo‘lsangiz, shunday syujetga ega bir nechta filmlarni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

    “Hayot-mamot o‘yinlari”

    • 2012-yil
    • Rollarda: Jennifer Lourens, Donald Sazerlend, Josh Hatcherson, Stenli Tuchchi
    Foto: Lions Gate Films

    Yozuvchi Syuzan Kollinzning xuddi shu nomdagi kitoblar seriyasiga asoslangan hayot-mamot o‘yinlari haqidagi yorqin franshiza. Kelajakda totalitar davlat har yili o‘yin-kulgi uchun ommaga “Hayot-mamot o‘yinlari” tashkil qiladi. Bu tanlab olingan o‘smirlar hayot-mamot uchun bir-biriga qarshi kurashadigan halokatli musobaqadir. Sinovlar nafaqat jismoniy, balki axloqiy nuqtayi nazardan ham dahshatli — omon qolish uchun esa kimnidir o‘ldirish kerak.

    “Qochayotgan odam”

    • 1987-yil
    • Rollarda: Arnold Shvarsenegger, Richard Douson
    Foto: HBO

    Stiven King asariga asoslangan afsonaviy fantastik triller. Unda o‘z ixtiyoriga qarshi tanlangan mahbuslar og‘ir sinovlardan o‘tishi kerak. G‘olib bo‘lgan ozodlikka erishadi, mag‘lub esa televideniye tomoshabinlari ko‘z o‘ngida ta’qib qilayotgan kallakesarlar qo‘lida halok bo‘ladi. Bir kuni ishtirokchilar orasida qurolsiz och odamlarni otishdan bosh tortgan politsiyachi Ben Richards paydo bo‘ladi. Endi u ham o‘lim bilan telbalarcha poygaga kirishadi.

    “Qirollik jangi”

    • 2000-yil
    • Rollarda: Takeshi Kitano, Tatsuya Fudzivara, Aki Maeda
    Foto: Fukasaku-gumi

    2000-yil boshlarida yapon kinoijodkorlari sadist maktab o‘quvchilari orasida hayot-mamot o‘yinlari haqidagi qo‘rqinchli filmni namoyish qildi. “Qirollik jangi” — hukumat tomonidan ruxsat etilgan shafqatsiz o‘yin bo‘lib, o‘rta maktab o‘quvchilari yo‘q qilish tahdidi ostida unda qatnashishga majbur bo‘ladi. O‘yin qoidalariga ko‘ra, kimsasiz orolda o‘spirinlar uch kun davomida turli buyum va qurollar yordamida bir-birlarini shafqatsizlarcha yo‘q qiladi. Oroldan faqat bir kishi tirik qaytishi mumkin, shu sabab qat’iy va shafqatsizlarcha harakat qilishga to‘g‘ri keladi.

    “Alisa chegara ortida”

    • 2020—2022-yillar
    • Rollarda: Kento Yamadzaki, Tao Sutia, Nidziro Murakami
    Foto: Netflix

    Butun Osiyo va boshqa davlatlarda ham mashhur bo‘lgan yana bir hayratlanarli film. Ishsiz, qimor o‘yinlariga mukkasidan ketgan Rexey Arisu otasi va ukasi bilan janjallashib, uydan chiqib ketadi hamda ikki do‘sti bilan uchrashadi. Tasodifan bu uchovlon yangi voqelikdan ogohlantiruvchi dahshatli va g‘alati salyutning guvohi bo‘lishadi. Keyin ular Tokioning kimsasiz joyiga tushib qolishadi va omon qolish uchun shafqatsiz o‘yinlarda qatnashishlari kerak bo‘ladi. Yutqazganlarni o‘lim kutmoqda, g‘oliblarga esa ularning umrini bir necha kunga uzaytiradigan maxsus chiptalar beriladi.

    “Intakto”

    • 2001-yil
    • Rollarda: Leonardo Sbaralya, Maks fon Syudov, Eusebio Ponsela, Monika Lopes
    Foto: Canal+

    “28 hafta o‘tgach” rejissyori Xuan Karlos Fresnadilodan uncha mashhur bo‘lmagan ispan trilleri. Bu — taqdir bilan kurashda o‘zining yengilmasligini anglagan qahramonlar haqidagi hikoya. Hatto favqulodda omadning ham chegarasi bor, Tomas — samolyot halokatidan yolg‘iz omon qolgan o‘g‘ri. Federiko esa dahshatli zilziladan omon qoladi, shundan so‘ng u odamlarning omadini o‘g‘irlash qobiliyati borligini bilib qoladi. Qahramonlar taqdirning yashirin va xavfli o‘yinlariga kirishadi, ulardan  g‘olib bo‘lgani keksa Sem (Maks fon Syudov) bilan yakuniy jangda to‘qnash keladi. Finalchi u bilan rus ruletkasini o‘ynashi kerak, ammo 20 yildan beri hech kim Semyuelni o‘ldira olmaydi, chunki uning noyob qobiliyati bor — u o‘z hayotini yo‘qotmagan holda boshqalarning hayotini o‘g‘irlashi mumkin.

    “Kub”

    • 1997-yil
    • Rollarda: Nikol de Bur, Nikki Guadani, Devid Hyulett
    Foto: Odeon Films

    Rejissyor Vinchenso Natalining mashhur jumboqli kartinasi. Shu bilan birga, loyihada asosiy syujetdan tashqari, syujet osti va qo‘shimcha jumboqlar mavjud. Masalan, qahramonlarning ismi butun dunyodagi eng qattiq rejimli qamoqxonalar nomiga ishora qiladi, qahramonlar xarakteri esa ular nomi bilan atalgan jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartiblarini aks ettiradi. Voqealar rivojiga ko‘ra, bir guruh notanish odamlar noma’lum tarzda g‘alati kub shaklidagi xonada paydo bo‘ladi, uning har bir tomoni avvalgisiga o‘xshash boshqa xonaga olib boradigan lyuk bilan jihozlangan. Ular o‘rtasidagi yagona farq — rangi va ularda yashiringan halokatli tuzoqlarning xilma-xilligida. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan qahramonlar o‘z hayotini saqlab qolish uchun tashqariga chiqish yo‘lini topishga harakat qilishadi.

    “Hayot-mamot o‘yinlari 2”

    • 2012-yil
    • Rollarda: Amanda Sayfred, Jennifer Karpenter, Sebastyan Sten, Daniel Sunjata
    Foto: Lakeshore Entertainment

    Ikki fasldan iborat “Hayot-mamot o‘yinlari” serialining ikkinchi qismiga ko‘ra, shouga tanlangan 16 ishtirokchi bir million yevro uchun yovvoyi Sibir taygasida kurash olib borishadi. Qoidalar oddiy: yuzlab kilometr masofada hech qanday oziq-ovqat, shaxsiy buyumlar, elektr, aloqa va sivilizatsiya yo‘q. Kim manzilga yetsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi. Ammo ko‘rsatuv to‘satdan omon qolish uchun halokatli o‘yinga aylanadi, unda eng kuchli emas, balki eng chidamli, sezgir va ayyor g‘alaba qozonadi.

    “Vahima”

    • 2021-yil
    • Rollarda: Mayk Feyst, Oliviya Skott Uelsh, Rey Nikolson
    Foto: Amazon Prime Video

    Texasning kichik shaharchasida 23 nafar maktab bitiruvchisi “Vahima” nomli o‘yinda ishtirok etadi. Ikki sirli hakam musobaqani uyushtiradi va sovringa 50 ming dollar, bundan tashqari ushbu xavf-xatarga to‘la shahardan chiqib ketish imkoniyati beriladi. Biroq orzu qilingan g‘alaba yaqinlashgandek tuyulgan sari makkor hakamlar o‘yinni yanada chidab bo‘lmas va xavfli qilish uchun qoidalarni o‘zgartiradi.

    “Harper oroli”

    • 2009-yil
    • Rollarda: Jim Biver, Eleyn Kessidi, Kristofer Goram
    Foto: CBS

    Agata Kristining “10 ta negr bolasi” ruhidagi Amerika mini-seriali. Genri va Trishning to‘yini nishonlash uchun ularning do‘stlari va qarindoshlari Harper oroliga borishadi. Orol dunyodan uzilib qolgan va yetti yil muqaddam qo‘lga tushmagan qotil u yerda ishlagani bilan mashhur. Ammo, aftidan, avvalgi dahshat qayta jonlangandek — qahramonlar yetib kelishi bilan birin-ketin halok bo‘la boshlaydi. Ular tushunmaydi: bu qonxo‘r jinoyatchining ishimi yoki mehmonlardan birining? Oroldan qochib ketishning iloji yo‘q, faqat o‘zingga ishonishing mumkin, chunki qotil sen o‘ylagandan ko‘ra yaqinroqda. Shunday qilib, 25 nafar gumonlanuvchi 13 kun davomida qutulib ketishga va bir vaqtning o‘zida qotilni aniqlashga harakat qilishadi.

    “Boshi berk ko‘cha”

    • 2008-yil
    • Rollarda: Riz Ahmad, Endi Nayman, Jeymi Uinston
    Foto: Zeppotron

    Ikki oy davomida “Katta aka” realiti-shousi ishtirokchilari ularning har bir harakatini kuzatadigan ko‘plab kameralar bilan to‘la maxsus uyda ijtimoiy izolyatsiyada bo‘lishadi. Ammo qahramonlarning izolyatsiyasi ularni dunyoning qolgan qismidan butunlay ajratib qo‘yadi, shunda to‘satdan odamlarni zombilarga aylantiradigan g‘alati epidemiya paydo bo‘ladi. Sodir bo‘lgan voqeadan xabar topgan qahramonlar ozodlikda qanday sinovlar kutayotganini tasavvur ham qilmasdan, tashqariga chiqishga harakat qilishadi. “Boshi berk ko‘cha” mini-seriali kinoyali satirik komediya sifatida boshlanadigan va asta-sekin hayot-mamot haqidagi triller-labirintga aylanadigan keskin janrdagi film.

    “Ofis tajribasi”

    • 2017-yil
    • Rollarda: Jon K. Makginli, Adria Arhona, Jon Gallaher, Toni Golduin
    Foto: Blumhouse

    Kimdir tomonidan o‘ylab topilgan ijtimoiy tajribada yirik korporatsiyaning 80 nafar xodimidan iborat guruh Bogota (Kolumbiya)dagi ko‘p qavatli korporativ ofis binosida qamalib qoladi. Kompaniyaning ichki telefon aloqasi orqali noma’lum ovoz ularni qiyin tanlov oldida qo‘yadi: “O‘ldir yoki o‘zing o‘lasan”. Sarosimaga tushgan qahramonlar o‘ylashga vaqt yo‘qligini tezda tushunadi va aqlbovar qilmaydigan qon to‘kilishi boshlanadi. Filmda asossiz zo‘ravonlik va haddan tashqari qonli epizodlar ko‘p. Ammo shu bilan birga, u korporativ soha halokatli bo‘lishi mumkinligiga ochiqdan-ochiq ishora qilib, ofis satirasi hududiga ham kirishga muvaffaq bo‘ladi.

    “Call-markaz”

    • 2020-yil
    • Rollarda: Pavel Tabakov, Yuliya Xlinina, Vladimir Yaglich, Sabina Axmedova
    Foto: 1-2-3 Production

    Moskva. Biznes-markazning 12-qavatida internet-do‘konning Call-markazi ofisi joylashgan. Bir kuni ertalab 12 nafar xodim ishga kelib, xonada bomba borligini bilib qolishadi. Monitor ekranlaridan o‘zini Ota va Ona deb tanishtirgan noma’lum odamlarning ovozlari agar garovdagilar ularning ko‘rsatmalarini bajarishga rozi bo‘lmasa, istalgan paytda bombani portlatish bilan tahdid qiladi. Natijada qahramonlar ko‘rinmas boshqaruvchilarning ko‘rsatmalarini bajarishlari va bir-birlari haqidagi eng dahshatli sirlarni bilib olishlari kerak bo‘ladi. Qahramonlarning azob-uqubatlarini kuzatish naqadar qo‘rqinchli bo‘lmasin, voqealar rivoji tomoshabinni ekranga mixlab qo‘yadi.

    19 yanvar, 21:45   Izoh (0)   9647
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#treyler#triller
    Hilola G‘iyosova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda premyerasi bo‘lib o‘tgan “qisqa metrajli” filmlar nega qisqa metrajli emas?

    13.07.2019, 19:33

    Gollivud tarixidagi kult filmlarning eng omadsiz sikvellari (treyler) 

    08.10.2024, 12:55

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43

    Taniqli aktyorlarning farzandlari suratga tushgan 10 ta film (treyler) 

    13.12.2024, 13:35

    “Uyda yolg‘iz” 35 yoshda: film aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band? (foto)

    31.12.2024, 09:34

    2024-yilda ota-onalik baxtiga erishgan Gollivud yulduzlari (foto)

    29.12.2024, 17:55

    Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    2 yanvar, 08:30

    Amerika ommaviy axborot vositalari Baydenning salomatligi bilan bog‘liq muammolarni yashirdi — WSJ

    3 yanvar, 20:42

    “Kalmar o‘yini 2”: yangi mavsumda ishtirok etgan aktyorlar haqida nimalar ma’lum?

    6 yanvar, 16:21

    Bolaligidayoq mashhurlikka erishgan, ammo uni saqlab qololmagan Gollivud aktyorlari (foto)

    12 yanvar, 18:30

    Gollivud yulduzi Anjelina Joli 2007-yildan beri filmlarda suratga tushishga qiynalayotgani haqida so‘zlab berdi

    8 yanvar, 18:01

    Dipika Padukone 39 yoshda: dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri, badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, 4 ta tilda so‘zlasha oladigan hind aktrisasi haqida

    9 yanvar, 09:37

    “Sumerki” filmi yulduzi Robert Pattinson to‘yini Karib orollarida o‘tkazdi

    9 yanvar, 16:50

    2024-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar top 15 taligi

    13 yanvar, 09:41

    Bayden yong‘inlar tufayli so‘nggi xorijiy safarini bekor qildi 

    9 yanvar, 18:40

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Peris Hilton, Mel Gibson va boshqa ko'plab yulduzlar Kaliforniyadagi kuchli yong‘inlar tufayli uylaridan ayrildi

    11 yanvar, 18:05

    Los Anjelesdagi yong‘in boy-u kambag‘alni birlashtirdi: Sheron Stoun yuk mashinalarida oziq-ovqat tarqatdi, Jeymi Li Kertis 1 million dollar xayriya qildi (foto)

    13 yanvar, 15:40

    Fransiyalik ayol soxta Bred Pitt uchun eri bilan ajrashdi va 850 ming dollar pulini yo‘qotdi

    15 yanvar, 12:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

    Dunyo | 25 may, 21:16

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.