Ilon Maskning xAI kompaniyasi Android va iOS’dagi barcha mobil ilova foydalanuvchilariga Grok Imagine sun’iy intellekt tasvir va video generatoridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etishini e’lon qildi.

Ilgari bu funksiya faqat SuperGrok va X Premium+ obunachilari uchungina mavjud edi.
Grok Imagine matnli so‘rovlar yoki yuklangan rasmlar asosida 15 soniyagacha bo‘lgan tasvirlar va qisqa videolar yaratish imkonini beradi. Foydalanuvchilar turli xil vizual uslublarni tanlashlari va ovoz bilan sinxronlash funksiyasidan foydalanishlari mumkin.
Bepul kirish cheklangan muddatga berilmoqda. Aksiya doirasida foydalanuvchilar har 12 soatda 5 tagacha so‘rov yuborishlari mumkin. Bepul kirish qancha vaqt davom etishi haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Chamasi, bu qaror GPT-5 ishga tushirilishi hamda xAI va OpenAI, shuningdek, ularning rahbarlari - Ilon Mask va Sem Altman o‘rtasidagi ziddiyat fonida qabul qilingan. Yaqinda ular X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) tortishib qolishdi. Mask Apple’ni ChatGPT ilovasini targ‘ib qilishda aybladi, shundan so‘ng Altman ijtimoiy tarmoq rahbarini o‘z sahifasini ilgari surish uchun X’dagi algoritmlarni manipulyatsiya qilishda ayblab chiqdi.
Iyul oyida SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet xizmati 2,5 soat davom etgan uzilish sabab butun dunyo bo‘ylab o‘z foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsata olmadi. Kompaniya buni ichki dasturiy xizmatdagi nosozlik bilan izohladi.
Izoh (0)