• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Toshkentda premyerasi bo‘lib o‘tgan “qisqa metrajli” filmlar nega qisqa metrajli emas?

    12-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida yosh rejissorlar tomonidan ishlangan “Immunoblot” va “Ishora” filmlari premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ikki kino bir paytda namoyish etilishining sababi – ikkisi ham qisqa metrajli film edi. Jurnalist va bloger Eldar Asanov premyerada bo‘lib, yangi filmlariga baho berdi.

    Gapni maqtovdan boshlay. Umuman, oxirgi bir-ikki yilda premyeralar soni ko‘paygani, kinochilarimiz maishiy mavzulardan ancha qochib, turli-tuman masalalarga murojaat etayotgani, filmlarning umumiy saviyasi ko‘tarilgani bor gap (albatta, saviya ko‘tarilib juda zo‘r bo‘lib ketmadi hozircha). Konkret kechagi kartinalarga kelsak, qisqa metrajli filmlarning ham katta premyerasi bo‘lib o‘tishi, ular zalni to‘ldira olishi, shubhasiz, ijobiy holat. Qisqa metrajli filmlar – kinematografning juda muhim tarkibiy qismi, bu yo‘nalishning rivoji butun kinochilikning rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Endi bevosita kinoga to‘xtalsam. Tahlil uchun birinchi namoyish etilgan, yosh rejissor Istam Sodiqov muallifligidagi “Immunoblot” kartinasini olaman.

    Eng dahshatli kasallik

    Filmni ko‘rishni niyat qilganlarni oldindan ogohlantirib qo‘yay – quyida spoylerlar bo‘ladi. Agar syujetni bilishni istamasangiz, taqrizning shu qismini tashlab keting. Treyler bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

    Asarning nomi o‘ziga xosligi bilan tomoshabin diqqatini tortadi. Lekin tasmani ko‘rishni boshlaganingizda, ekranda nomga mos o‘ziga xoslik ko‘rmaysiz. Film yomon emas, lekin olinish uslubi, syujeti o‘nlab boshqa o‘zbek filmlarini takrorlaydi.

    Film “O‘zbekkino” tomonidan “Buxoriylar” MChJ bilan hamkorlikda olingani uchun bo‘lsa kerak, voqealar Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Syujet yosh kelin-kuyov Erkin va Dilnoza haqida hikoya qiladi. Baxtli oilaviy hayotga to‘y qilish uchun olingan qarz raxna soladi. Qarz uzish ortidan boshlangan mashmashalar esa pirovardida fojiaga olib keladi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Mavzu juda yaxshi tanlangan. OITS – o‘ta xavfli va dahshatli kasallik, unga qarshi kurashish insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biriga aylanib qolgan. Mana shunday jiddiy mavzuga qo‘l urgan yosh kinochilar oldiga qo‘ygan vazifaning ustidan chiqqanmi?

    Ta’kidlash kerak, film tomoshabinga, ozmi-ko‘pmi, ta’sir ko‘rsata oladi. Aktyorlar ijrosi yaxshi, operator ishi, montaj, ovoz, rejissura o‘zbek kinematografiga xos o‘rtacha darajada – film yosh ijodkorlar tomonidan kichik budjet hisobiga olinganiga qaramay, texnik tomonlama ancha yaxshi, lekin o‘ziga xos hech narsa ko‘rsatilmagan. Kartinani tomosha qilgan odam bir lahza OITS nechog‘li qo‘rqinchli ekanini, unga chalinish o‘lim bilan barobarligini o‘ylab dahshatga tushadi, va bundan buyog‘i juda ehtiyotkor bo‘lishni diliga tugib qo‘yadi. Xullas, yoshlar orasida OITSni profilaktika qilishda foydalansa bo‘ladigan videoqator. Lekin u bizga film, ya’ni badiiy asar sifatida taqdim etildi. Uning badiiyligi, san’atga daxldorligi qay darajada?

    Mana endi kamchiliklar haqida gapiradigan payt keldi. Film voqealari o‘ta maishiy bo‘lgani bois OITS masalasi ikkinchi darajaga o‘tib qolganday go‘yo. Kartina bizga bu balo haqida batafsil ma’lumot beradi, syujet markazida turadi deb o‘ylagandim. U esa shunchaki qahramonlarning baxtsizligini, fojiali hayotini yanada baxtsizroq qilish uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi xolos. Syujet markazida odamlar emas, xastalik turishini kutgandim.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Yana bir narsa. Fojia ko‘lamini kuchaytirish, tomoshabinni yanada ko‘proq ta’sirlantirish uchun “oshirib yuborilgan” – notabiiy ravishda ko‘p tasodiflar va kutilmagan kesishuvlar syujet mantiqini buzib yuborgan (ayniqsa oxirida). Bu mantiqsizlikni tuzatish uchun ijodkorlar yakunda tvist uyushtiradi va filmning salmoqli qismi Erkinning tushi bo‘lib chiqadi. Ammo bu tvist ketidan yangi mantiqsizliklar kelib chiqadi: Erkin umrida ko‘rmagan real shaxslar nega uning tushiga kirib chiqdi? Agar ular real shaxslar bo‘lmasa, nega ularning taqdiri Erkinning tushidan oldin ko‘rsatildi?

    Fojialarni tush bilan tushuntirishdan ko‘zlangan yana bir maqsad bor, chamamda: kino ijodkorlari voqeani qayg‘uli tugatishga jur’at etmagan – bunaqa yakun tomoshabinga yoqmaydi. Shu bois chiqib bo‘lmaydigan vaziyatga kiritib qo‘yilgan qahramonlar bir g‘irrom priyom bilan undan olib chiqilib, kino xeppi-end bilan tugatilgan. Buni jiddiy kamchilik deb hisoblayman.

    Birinchidan, yosh kinoijodkorlar halitdan klishelar ortidan yugurishi, kutilmagan yechimlar taqdim etishga jur’ati etmasligi ularning ijodiy kelajagiga ham ta’sir qiladi. Sodda qilib aytganda, tomoshabin ortiq ulardan “Taxtlar o‘yini” singari shokka tushiruvchi asar kutmaydi.

    Ikkinchidan, film formati eksperiment qilish imkoniyatini berardi. “Immunoblot” – qisqa metr, u pul yoki keng auditoriya uchun ishlanmagan. Shunday ekan, undan bemalol tajriba maqsadida foydalanish, kutilmagan yechimlarga murojaat etish, rejissura, operatorlik va boshqa jihatlardan eksperiment qilib ko‘rish mumkin edi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Endi asosiy e’tirozga o‘tsam. Gap shundaki, qisqa metrajli deb tomoshabinga taqdim etilgan bu film aslida unchalik qisqa emas. Buni tushunish uchun qisqa metrajli filmlarning o‘zi nimaligini bilib olaylik.

    Qisqa metr

    Tarix darsliklarini titkilab ham, mantiqan o‘ylab ko‘rib ham bilsa bo‘ladigan bir fakt bor: endigina paydo bo‘lgan yillarida kinematograf to‘laligicha qisqa metrajli bo‘lgan. Insoniyatda hali syomka tajribasi bo‘lmagan, bugungi kino qonuniyatlari, janrlari va auditoriyasi shakllanmagan, qolaversa, texnik imkoniyatlar uzun filmlar olishga yo‘l qo‘ymagan.

    O‘tmishning ko‘pgina buyuk kinotasmalari bugungi o‘lchamlar nuqtai nazaridan qisqa metr hisoblanadi. Baster Kiton ishtirokidagi “Kichik Sherlok”, qolaversa, Charli Chaplin ijodi shu jumladan. Shu bilan birga, ularni qisqa metr deb atash o‘sha zamon nuqtai nazaridan noto‘g‘ri bo‘ladi, negaki filmlar oxirgi o‘n yilliklardagina bir yarim – ikki soat davom etadigan to‘laqonli badiiy asarga aylandi. Bugun hatto ikki yarim – uch yarim soat davom etadigan kartinalar ham ko‘p.

    Bir so‘z bilan aytganda, kinoning davomiyligi nisbiy bo‘lib, u zamon o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Shu bois qisqa yoki to‘liq metr deganda faqat ekrandagi daqiqalarga emas, kinoning mazmuniga ham e’tibor berilishi lozim.

    “Immunoblot”, chamamda, 50 daqiqacha davom etadi. Bir qarashda, u bugun qabul qilingan standartdan (kamida bir yarim soat) ancha kam. Lekin 50 daqiqaning o‘zi unchalik kam vaqt emas. Ekranda buncha davom etadigan tasma qisqa deb qabul qilinmaydi. Qolaversa, “Immunoblot”da to‘liq metrajli filmlarga xos barcha jihat bor. Birinchi navbatda to‘laqonli syujet bor, va shu syujet doirasida qahramonlarning o‘tmishini ko‘rsatishga, ularning xarakterini ochib berishga yetarlicha vaqt ajratilgan. Syujetda prolog, ekspozitsiya, tugun, echim – hammasi mavjud. Kechirasiz, buni qisqa metr deb qabul qila olmayman.

    Bugungi kinematografda qisqa metrajli filmlar o‘ziga xos formatga, yo‘nalishga ega. Rejissorlar ulardan katta filmda aytib bo‘lmaydigan narsalarni aytishda foydalanadi. Qisqa metrajli kartinalarda to‘liq syujet ko‘rsatilmaydi, balki juda kichik bir voqea yordamida katta ma’nolarni ochib berishga, tomoshabinga noodatiy biror narsa ko‘rsatishga harakat qilinadi.

    Hozirda qisqa metrajli filmlarning o‘rtacha davomiyligi 5–10 daqiqa atrofida. Yuqorida aytilganidek, bu qat’iy o‘rnatilgan qoida emas – yarim soatlik juda zo‘r filmlar ham bor. 5–10 daqiqa – bugungi kinematografdagi moda (to‘liq metrdagi “bir yarim soat” modasi singari).

    Zamonaviy qisqa metrajli filmlarning eng yaxshi namunalarini eslaylik. Zamonamizning eng kuchli rejissorlaridan biri Kristofer Nolanning “Qo‘ng‘iz” filmi – salkam uch daqiqa. Lekin tomoshabinni shokka tushirishning uddasidan chiqadi, uni o‘ylantirib qo‘yadi.

    Norvegiyalik ijodkorlarning “Tungi mehmon” va “To‘shak ostida” filmlari undan ham kamroq davom etadi, lekin shu vaqt ichida tomoshabinni qo‘rqita oladi. Yuragi chatoqlarga tavsiya qilmayman.

    Yanada chuqurroq, falsafiy kartinalar bor. Eronning “2X2=5” kinosini olaylik. Bunaqa kuchli asarlar hozir kinoattraktsionga aylanib qolgan, tomoshabinni o‘ylantirish emas, dam oldirish vazifasini bajarayotgan to‘liq metrlar orasida ham yo‘q hisobi.

    “Soniyaning bir lahzasi” filmi ham emotsional kuchi va tomoshabinga beradigan ma’naviy ozuqasi jihatdan undan qolishmaydi. U bor-yo‘g‘i besh yarim daqiqa davom etadi.

    Qisqa format tomoshabi uchun ham juda qulay – u juda kam vaqt sarflab, yaxshigina estetik zavq oladi.

    Aytmoqchi bo‘lganim, qisqa metrajli film deganda to‘liq metrajli maishiy filmning biroz kesilgan variantini emas, tepada eslanganlar singari qisqa, ammo kuchli, o‘ziga xos, esda qoladigan asarlar tushunilishini istagan bo‘lardim.

    O‘zbek qisqa metrining kelajagi bormi?

    Yuqorida aytganimdek, oxirgi paytlar qisqa metrajli filmlarga e’tibor qaratilayotgani, ular turli xalqaro tanlovlarda qatnashayotgani, hatto kechagiday premyeralari uyushtirilayotgani – quvonarli holat. Endi filmlarning sifati ustida yanada jiddiyroq ishlash talab qilinadi.

    Qisqa metrajli filmlar – butun dunyo kinematografida keng tarqalgan holat. Ayrim davlatlar kinochilari aynan qisqa metr vositasida dunyoga dong taratgan. Bunday format o‘zbek kinosiga juda mos keladi deb o‘ylayman.

    Tan olish kerak, to‘liq metrajli filmlar bobida Gollivud, Bollivud, Yevropa tugul, Rossiya bilan ham bellashishimiz qiyin. Ular sarflayotgan pul, olib borayotgan agressiv reklama kampaniyalari jahon bozorida biz kabi kichik kino markazlariga deyarli non qoldirmayapti. Mana shunday vaziyatda aynan qisqa metrajli filmlar yordamida o‘zimizni ko‘rsatishimiz mumkin.

    Qisqa metr ko‘p vaqt va pul talab qilmaydi. 5–10 daqiqalik videotasma yaratishga yetarli pulni oshig‘i bilan topish mumkin. Deylik, bir yarim soatlik kinoga 50 ming dollar sarflansa, u, tabiiyki, uncha sifatli chiqmaydi. Lekin besh daqiqalik kinoga 10 ming dollar sarflansa, u juda sifatli, yuqori saviyada ishlanishi mumkin.

    Qolaversa, bu yosh ijodkorlarga tajriba maydoni hamda yangi imkoniyat bo‘ladi. Hamma mashhur rejissorlar qisqa metrdan boshlagan. U yerda omadga erishganlar katta kinoga kirib kelgan. Bu juda yaxshi sinov maydoni bo‘lishi mumkin.

    Kattakon pul evaziga film olib, qarzdor bo‘lib qolishdan qo‘rqib, hamma tomoshabinga yoqadigan shablon va stereotiplarga to‘la xom-xatala film olgandan ko‘ra arzimagan pulga ishlagan ma’qul, shunda kinochi qo‘rquvlardan qutulib, bemalol ijod qiladi, fantaziyasiga erk beradi. Shu asnoda durdona kartinalar ishlanib qolsa ne ajab.

    Muallif fikri tahriri nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    13.07.2019, 19:33   Izoh (0)   59134
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.