• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Tunlari yolg‘iz ekanligim seziladi”. Aktrisa Shafoat Rahmatullayevaning tabassumi ortiga yashiringan dardlari haqida

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi. U uzoq yillar teatr va kino sohasida faoliyat yuritgan, mashhur bo‘lsa-da, poytaxtga intilmagan sanoqli ijodkorlardan biri hisoblanadi.  Aktrisa faoliyati davomida juda ko‘p jiddiy rollarni ham ijro etgan. U hamisha tabassumi bilan atrofdagilarga xush kayfiyat ulashardi. Ammo shaxsiy hayoti haqida bunday deyolmaymiz. 

    “Dadamga artist bo‘lishim yoqmagan”

    Shafoat Rahmatullayeva 1941-yilning 4-yanvarida Qo‘qon shahrida dunyoga kelgan. Otasi Muqaddasxon kolxoz raisi, obro‘-eʼtiborli inson bo‘lgan.

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    — Oilada to‘rtta qiz bo‘lganmiz, o‘g‘il farzand bo‘lmagan. Otam nihoyatda qattiqqo‘l, talabchan inson edi. Onam ikkisi bir-birini shunchalik hurmat qilardiki, oilamizda jiddiy nizolar bo‘lganini eslolmayman. To‘ng‘ich farzand bo‘lganim uchun bolalikdan mehnatga va kasb-hunar o‘rganishga qiziqqanman. Sanʼatkor bo‘lish niyati umuman bo‘lmagan. Pedagogika texnikumida o‘qib yurganimda teatr aktyorlari drama to‘garagi tashkil qilgan. Ko‘pchilik qizlar qatori men ham qiziqib qatnaganman. Darslardan keyin qizlar bilan teatrga borardik, aktyorlarning xatti-harakatlarini kuzatardik.

    Texnikumni tugatish arafasida dadamdan “Teatrga ishga kirsam maylimi?” deb so‘radim. Avvaliga dadam gapimga eʼtibor bermadi, ammo bir kuni qattiq koyib berdi. Qo‘shimchasiga onam ham dakki eshitdi. “Avlodimdan artist chiqmagan, bu qanday bemaza gap”, deb o‘rnidan turib ketdi. Hafsalam pir bo‘ldi, degandi aktrisa.

    “Qiz meniki, siz aralashmang”

    Aktrisa mashhur “Maftuningman” filmi sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgani, ammo otasining qarshiligi sabab suratga olish ishlarida qatnasha olmaganini haligacha yaxshi eslaydi.

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    — Ilgari rejissyor yordamchilari butun respublika bo‘ylab yurib, yosh isteʼdodlarni izlardi. “Maftuningman” filmi ijodkorlari texnikumga kelib, kasting o‘tkazgan. Direktorning tavsiyasiga ko‘ra, uchta qiz ishtirok etganmiz. Meni Sayyora roliga tasdiqlashgan. Chunki men rol o‘ynashdan tashqari, qo‘shiq aytib raqsga tushishni ham yoqtirardim. “Kastingdan o‘tding”, deyishganida xursand bo‘lganman, ammo bu haqda ota-onamga aytolmaganman. Bir kuni dadamga Qoriyev degan rahbar qo‘ng‘iroq qilib, “Muqaddasxon aka, qizingizni kinoga so‘rashyapti, endi rozi bo‘lasiz”, deganida jahli chiqib ketib, “Qiz menikimi yoki siznikimi, aralashmang”, degan ekan.

    O‘sha kuni dadam ishdan vaqtli qaytdi va meni xonaga olib kirib, “Endi hech qayerda o‘qimaydi, ovqat va suv ham bermanglar”, deb yana ko‘chaga chiqib ketdi. Men ham arazlab kun bo‘yi tuz totganim yo‘q. Dadam kechga yaqin uyga qaytib, oldimga kirdi. “Qizim, artistlikning o‘qishi bormikan?” dedi. “Ha bor, Toshkentda o‘qish kerak”, dedim quvonib. “Mayli, roziman, faqat o‘qib o‘rganing. Faqat bir shart bilan rozilik beraman. Televizor va radioga chiqadigan, xalq tan oladigan artist bo‘ling. Etagini boshiga qoplab, to‘yma-to‘y yuradigan artist bo‘lsangiz, rozi emasman”, dedi. Shundan keyin hujjatlarni to‘g‘rilab, Toshkentga o‘qishga keldim, degandi aktrisa.

    “Dadamning o‘lganini aytishmagan”

    Shafoat Rahmatullayeva 1965-yili sobiq Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutida o‘qishni tamomlab, yo‘llanma asosida Sirdaryo teatriga ishga yuboriladi. Aktrisaga faoliyatini boshlagan ilk yillardayoq bosh rollar nasib etadi. Ammo to‘rt yildan so‘ng boshiga og‘ir musibat tushadi.

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    — Teatr jamoasi bilan Chimkentga gastrolga boradigan bo‘ldik. U paytlar gastrol safarlari 15-20 kun davom etar edi. Gastrol yakunlanishiga bir necha kun qolganida juda xunuk xabar eshitib qoldim. Aslida uni mendan tashqari hamma bilar ekan. Yaʼni Qo‘qondan otamning avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabar kelgan ekan. “U ketsa, bosh rolni kim ijro etadi? Shuncha xarajat bilan bu yerga kelganmiz, moliyaviy zarar ko‘ramiz”, deb bu xabarni mendan yashirishibdi. Bilgan kunim Qo‘qonga ketay, deb rahbarlardan ruxsat so‘raganman. Ammo belgilangan seansdagi spektakllarni ijro etgunimga qadar ruxsat berishmagan.

    Qalbim yig‘lab, sahnada rol ijro etish qanchalar qiyinligini o‘shanda bilganman. Qo‘qonga atlas ko‘ylakda kelganman. O‘shanda dadamning 20 kunlik janozasi ekan. Ostonada turgan amakilarim men bilan gaplashmagan. Hamma nafratlangan, juda qo‘pol muomala qilishgan. O‘shanda buvim rahmatli “Bu sho‘rlik otasining o‘lganini bilganida atlas ko‘ylakda kelarmidi, ust-boshini almashtiringlar” degan, degandi aktrisa.

    “8 yil yashadim, ammo farzandli bo‘lmadik”

    Aktrisa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq savollarga javob berishni istamaydi. Chunki bu mavzu u uchun nihoyatda og‘riqli. Aktrisa katta orzu-umidlar bilan oila qurgan, ammo o‘z roziligi bilan hammasiga yakun yasagan.

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    — Sirdaryo teatrida ishlab yurganimda samarqandlik sozanda Erkin Qosimov degan mahoratli akkordeonchi yigit bilan tanishib qolganman. U paytlari dadam rahmatli hayot edi. Meni ko‘rgani kelganida teatr rahbari bilan gaplashgan ekan. Direktorimiz biz haqimizda “Bir-biriga mos-da, tushunadi”, deb ko‘p aytardi. Avvaliga dadam boshqa viloyatga turmushga chiqishimga qarshi bo‘lgan, keyin rahbarimizning saʼy-harakati bilan rozilik bergan. Samarqandning Panjakent degan joyiga kelin bo‘lib tushganman, turmush o‘rtog‘im ham yaxshi inson edi. Meni hurmat qilar, ijodimni qo‘llab-quvvatlardi. Ammo bir kam dunyo ekan, farzandimiz chaqaloqlik paytida vafot etdi. U bilan sakkiz yil birga yashadim, ammo o‘rtada bola bo‘lmaganidan keyin ketishga qaror qildim. “Yoshingiz o‘tyapti, boshqa ayolga uylanib, farzandli bo‘ling”, deb ikkita kiyimimni olib, uydan chiqib ketganman, degandi aktrisa.

    “Turmushga chiqolmasdim...”

    Go‘zal va mashhur aktrisaning oshiqlari ko‘p bo‘lgan. Ammo u oilasidagi vaziyat sabab yana turmushga chiqishni istamagan.

    Foto: Skrin

    — Oila qurish taklifi ko‘p bo‘ldi. Ammo dadam rahmatlidan keyin roppa-rosa bir yil o‘tib, 33 yoshli singlim ham vafot etdi. Uning to‘rtta ketma-ket tug‘ilgan farzandi bor edi. Kichkina bolasi endigina bir yoshga to‘lgandi. Kuyovimiz “To‘rtta bolani onasiz katta qilolmayman, sizlar bilan yashasin”, dedi. Singillarimning biri institutda, kenjasi esa maktabda o‘qirdi. Onam esa umr bo‘yi uy ishlari bilan ovora bo‘lib, ko‘chaga chiqmagan ayol. Xullas, oilani kimdir boqishi kerak edi. Shu bois turmushga chiqmay jiyanlarim, singillarim va onam uchun ishlashga qaror qildim. Agar oila qursam, ularga eʼtibor berolmay qolishim mumkin edi, degandi aktrisa.

    “Turmush o‘rtog‘im qizini menga bermoqchi bo‘ldi”

    Shafoat Rahmatullayeva ajrashganidan so‘ng ancha yil o‘tib, sobiq turmush o‘rtog‘i farzandlaridan birini berish taklifi bilan yoniga kelgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Skrin

    — Ajrashganimizdan ancha yillar o‘tib, turmush o‘rtog‘im bilan uchrashdik. U to‘rtta bolali bo‘lganini aytdi. Yonida taxminan 3-4 yoshlardagi shiringina qizaloq bor edi. “Shafoat, shu qizimni senga beraman, yolg‘iz yashama. Sen ham baxtga loyiq ayolsan”, dedi. “Yo‘q, farzandingiz o‘zingiz bilan qolsin. Hamma bola o‘z ota-onasi bilan yashagani yaxshi”, deb taklifini rad etdim. Hamma narsa niyatga bog‘liq ekan. O‘shanda u inson “Bularning to‘yini ko‘ramanmi yo‘qmi, yoshim ham ulg‘ayib qoldi”, degandi. Oradan ko‘p o‘tmay uning vafot etgani haqida eshitdim. Unga bolalarining to‘yini ko‘rish nasib etmadi, ammo kundoshim meni qizlarining to‘yiga chaqirdi. Borib duo qildim. Ajrashish menga qanchalik og‘ir bo‘lmasin, kimningdir baxtli bo‘lishiga va dunyodan armonsiz o‘tishiga sababchi bo‘ldim, deb xursand bo‘laman, degandi aktrisa.

    “Unvonni siz olib, meni tinch qo‘ying”

    Aktrisa shaxsiy hayotidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng bor eʼtiborini ijodga qaratadi. 1992-yili unga O‘zbekiston xalq artisti unvoni beriladi. Ammo uning unvonga loyiq ko‘rilishi baʼzi hamkasblariga yoqmaydi.

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    — 1980-yili xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangandim. 1992-yili Xalq artistligiga nomzodimni qo‘yishdi. Menda unvonga intilish bo‘lmagan, chunki biror marta unvon beringlar, deb so‘ragan odam emasman. Teatrimizda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini olgan aktyor bor edi. Nomzodimning qo‘yilishi u kishiga yoqmay, rahbarlarga eʼtiroz bildirgan ekan. Hatto respublika rahbarlari bilan o‘tgan majlisda ham “Men xizmat ko‘rsatgan artist unvonini 1969-yili olganman, Shafoatdan ko‘proq men munosibman”, degan ekan.

    Bu gapdan keyin hujjatlarimni Toshkentdan qaytarishgan. Teatrdagi gap-so‘zlar sabab meni ishga chaqirishdi. O‘shanda oyog‘im sinib, uyda davolanayotgan edim. Majlisga kelib, “Bo‘ldi, unvonni siz oling, menga ortiqcha gap-so‘z kerak emas, o‘zi oyog‘im og‘riyapti”, deganman. Ammo 1992-yilning 28-avgustida “Suyunchi bering, siz Xalq artisti bo‘ldingiz”, deyishdi. O‘shanda sahnada o‘sha insondan tashqari hamma hamkasblarim tabrikladi. Faqatgina u kishi ters ortiga o‘girilib ketgandi. Afsuski, undan keyin ham unga Xalq artisti unvoni nasib etmadi, degandi aktrisa.

    “Tunda yolg‘izligim seziladi”

    Aktrisa faoliyati davomida ko‘plab film va spektakllarda rollar ijro etdi. Hozir ham teatrda faoliyat yuritadi. Unga teatr yonidagi Sanʼatkorlar uyidan xonadon berishgan. Ammo aktrisa tunlari o‘zini yolg‘iz his qilishi, baʼzida yolg‘iz yashaganiga achinishi haqida gapirdi.

    Foto: Shafoat Rahmatullayevaning shaxsiy arxividan

    — Kunduzi yolg‘iz ekanligim sezilmaydi. Piyoda yurib teatrga chiqaman, yoshlar bilan uchrashaman. Hurmatimni hamisha joyiga qo‘yishadi. Ammo uyga qaytganimda meni hech kim kutib olmaydi. Tunlari yolg‘izligimni his qilaman. Baʼzan nega oila qurmaganim, yana farzandli bo‘lishga urinmaganim haqida o‘ylayman, afsuslanaman. Ammo afsuslanishdan nima foyda? Baribir o‘tgan umrni ortga qaytarib bo‘lmaydi-ku.

    Karantin davrida koronavirusga chalindim. Kasallik o‘pkamning 75 foiziga tarqaganini aytishdi. Bir necha kun jonlantirish bo‘limida davolandim. Shifokorlar yaxshi qaradi, bir o‘limning og‘zidan qaytarib olishdi. O‘shanda shaxsiy hayot haqida ham ko‘p o‘yladim. Insonning taqdiri ona qornida ekanligida yozilar ekan. Demak, befarzand o‘tish mening peshonamga bitilgan, afsuslangandan foyda yo‘q, degandi aktrisa Shafoat Rahmatullayeva.

    Avvalroq xonanda Manzura “Sevginator” filmida qaynonasi rolini ijro etgan aktrisa Shafoat Rahmatullayeva ayni paytda shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida ekanini aytib, kuzatuvchilaridan duo so‘ragan edi.

    24.12.2024, 13:50   Izoh (0)   32342
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shafoat Rahmatullayeva#aktrisa#kino#teatr

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Elparvar” filmi uchun Xivada katta qishloq quriladi

    12.05.2018, 13:45

    Toshkentda “Elparvar” tarixiy filmi taqdimoti o‘tkazildi

    28.12.2018, 23:55

    “Elparvar” tarixiy filmining premyera kuni ma‘lum bo‘ldi (foto va video)

    15.03.2019, 14:13

    “Elparvar” tarixiy filmining dabdabali premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)

    20.03.2019, 18:05

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi

    26.10.2020, 12:46

    “Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)

    10.12.2021, 18:40

    Ubaydulla Omon, Shafoat Rahmatullayeva, Janob Rasul va Toshkentda yashamay, san’atda muvaffaqiyatga erishgan boshqa mashhurlar (foto)

    10.01.2022, 14:40

    Dilnoza Kubayevaning ukasi, Sevara Nazarxonning xolavachchasi: qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek san’atkorlari (foto)

    09.04.2022, 16:35

    Ijoddan baxt topgan, ammo shaxsiy hayotda omadi kulmagan va farzandli bo‘lolmagan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto)

    07.12.2022, 15:04

    Hechdan ko‘ra kech yaxshi: 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan o‘zbek san’at vakillari (foto)

    14.07.2023, 11:36

    “Farzandsiz o‘tish peshonamga yozilgan ekan”. Otasining ta’ziyasida sahnada rol ijro etgan va bir o‘limdan qolgan aktrisa Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda (foto, v...

    05.01.2024, 16:35

    Instagram: Shafoat Rahmatullayeva reanimatsiyada, Nilufar Usmonova o‘g‘lini qachon uylantiradi? Indira Miftahovaga qaynonasi BYD sovg‘a qildi

    20.12.2024, 12:15

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi

    24.12.2024, 09:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.