Madridning “Real” klubi “Liverpul” markaziy himoyachisi Ibrohim Konateni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ispaniyaning Diario AS nashriga ko‘ra, “qirollik klubi” fransuz futbolchisini transfer oynasining so‘nggi kunlariga qadar sotib olishga urinib ko‘radi.

Hozirda “Liverpul” Mark Gehi (“Kristal Pelas”) va Jovanni Leoni (“Parma”) kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda. Agar ushbu transferlar amalga oshsa, Konatening “Real”ga o‘tish ehtimoli oshadi.
26 yoshli fulbek yangi mavsum boshlanishiga qadar “Real” safiga o‘tishni istamoqda, biroq agar “qirollik klubi” uni sotib olishga ulgurmasa, himoyachi kelasi yilgacha kutishga ham tayyor. Manbaga ko‘ra, “Real” Konate uchun 25 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Agar “Liverpul” ushbu summaga rozi bo‘lmasa, mavsum yakunlangach, uni tekinga qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘radi. Sababi Ibrohimning “qizillar” bilan shartnomasi 2026-yilning yozida yakunladi.
Ma’lumot uchun, Konate 2021-yildan buyon “Liverpul” safida o‘ynab keladi va jamoa bilan Angliya Kubogi hamda Liga Kubogini qo‘lga kiritgan.
- Futbolchi o‘tgan mavsum “Liverpul” tarkibida 39 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 2 assist muallifiga aylangan.
- Transfermarkt portali fransuz himoyachisining narxini 60 million yevroga baholamoqda.
Izoh (0)