• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Juma kasalxonadan olib ketasan degandilar, o‘sha kuni hayotdan ko‘z yumdilar”. Indira Miftahova onasining o‘limidan shokka tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    Instabloger, vayner Indira Miftahova “Daryo”ga bergan intervyusida ozish uchun uchun eng og‘riqli mavzu ekanligi va kuchli stressga uchragani haqida gapirdi.

    — Ozish dardim, shu bois ham bu mavzuni ko‘p ommaga olib chiqaman. Men yumor orqali vazn bilan muammosi bor odamlar ham sevishga munosibligi va ularning ham qalbi borligini ko‘rsatishga harakat qilaman. Baʼzi insonlar: “Shuncha harakat qildingiz, nega ozmayapsiz?” deb so‘rashadi. Inson birdan semirib qolmaydi, besh yilda to‘plangan 30 kilogramm vazndan birdan qutilish, nosog‘lom ozish hisoblanadi. Agar harakat qilmaganimda, hozirgi vaznim 160 ga yetib qolgan bo‘lardi. Yashirmayman, vaznim 100 kilogrammga yetganda, “uyg‘onganman” va tezda ortga qaytishim kerakligini tushunganman, deydi Indira Miftahova.

    Indira Miftahova qanday g‘oyalardan o‘zini cheklashi va baʼzilarning qilayotgan ishidan uyalishi haqida gapirdi.

    Foto: Instagram

    — Vaynerlik ham bir ijod aslida. O‘nta yumor yozilsa, hammasi ham saviyali bo‘ladi, deyolmayman. Orada o‘xshamagani bo‘lishi tabiiy. Ammo yengil-yelpi kontenti ortidan ham millionlab kuzatuvchilarga ega bo‘lganlar ham yo‘q emas. Eng og‘riqlisi, marketingchilar haqiqiy ijod qiladiganlarga emas, ana o‘shanday kontentchilarga reklama topib berishadi. Ularning bozori yurishganidan so‘ng yoshlarda “Demak shunaqa qilib ham pul topsa bo‘larkan-da”, degan tushuncha hosil bo‘ladi.

    Foto: Instagram

    Instagram’da meni 700 mingdan ortiq kuzatadi. Men ularning hayotiga aks taʼsir etib qo‘ymasligim va daromad olishim uchun istalgan mahsulotni ularga reklama qilmasligim kerak. Qimorni, o‘zim foydalanib ko‘rmagan mahsulotni reklama qilmayman. Keyin hech bir vayn ayollar zo‘ravonligiga xizmat qilmasligi kerak deb hisoblayman. Oddiy misol, vaynda er xotinining yuziga bir tarsaki tushiradi, ayol quvonib, “Qanday yaxshi, yana bitta bo‘lsin”, deydi. Balki bu kim uchundir kulgilidir, ammo bu zo‘ravonlikning bir ko‘rinishi. Chekka qishloqlarda eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan, hatto, zanjirga bog‘lab qo‘yilgan ayollar haqida eshitganman. Buni hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Undan keyin uy-joylar bog‘liq reklamalarni joylashtirishga ham hayiqaman. Chunki aldanib qolgan odamlar haqida ko‘p eshityapmiz. “Indira reklama qilgani uchun olgandim”, degan gap kerak emas. Katta auditoriyani jamlagan inson mana shu jihatlarga eʼtibor berishi kerak, deydi Indira Miftahova.

    Indira Miftahova onasini yo‘qotgani eslab ko‘ziga yosh oldi.

    Foto: “Daryo”

    — Onam uzoq yil poliartrit kasalligi bilan kurashdi. Har doim “Suyaklarim o‘pkamni siqsa, nafas ola olmay qolsam” deb ko‘p o‘ylardi. Buning og‘rig‘i juda dahshatli. Ammo hech qachon kasallikka yengilmadik va davolash uchun hamma muolajalarni qo‘llab ko‘rdik. Hamisha onamga ko‘proq vaqt ajratishga, shunchaki sayr qilish va suhbatlashib o‘tirishga vaqt topardim. Chunki onam kasallikdan qiynalishini yaxshi bilardim. Uy-ro‘zg‘or, ishdagi muammolar hammada bor. Ammo ularning hech biri ota-onaning yonida bo‘lmasligimizga arzimaydi. Ular omonat, borida qadriga yetish kerak.

    Onam kasalxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgandi. Ishonasizmi, kasalxonaga borgan kunimiz “Meni juma kuni olib ketasan qizim”, deb qayta-qayta gapirdi. “Sog‘aysangiz albatta olib ketaman”, dedi. Ishonasizmi, juma kuni ertalab 10 da qo‘ng‘iroq qilib “Kelasanmi, uyimga ketmoqchiman”, dedilar. “Sizni zo‘r xonaga olishadi, yana ozigina davolanishingiz kerak”, deb xayrlashdim. Yonlaridagi bemor opaga “Yaxshiyam nabiralarimni ko‘rib olganim”, deb qarshi tomonga yonboshlabdilar-u, jonlari uzilibdi. Bu xabarni eshitganda shok holatiga tushdim, ammo baribir umidimni uzmadim. Ozod Shukurulloyev onamni ko‘rib “Indira sabrli bo‘l”, deganidan keyin boshqa chora qolmaganligini bildim. Keyin bilsam, shifokorlar uch kun avval onamning ahvoli og‘irlashayotgani haqida Ozod akaga aytishgan ekan, deydi Indira Miftahova.

    Suhbatni to‘liq holda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    18.12.2024, 19:28   Izoh (0)   36542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Indira Miftahova#Sitora Farmonova#Munisa Rizayeva

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qamoqxonadagi tanishuv omad keltirgan, Ozodning kutilmagan qaroridan yig‘lagan, mashhur san’atkorning jiyani — Maftuna Shokirova 28 yoshda (foto, video)

    23.11.2023, 13:52

    Instagram: Indira Miftahova oilasida og‘ir judolik, o‘zbek shou-biznesidagi yangi oila, sayohatdagi mashhurlar

    28.05.2024, 10:51

    Onasining orzusini amalga oshirgan, ijodida kutilmagan zarbaga uchragan Maftuna Shokirova 29 yoshda (foto)

    20.11.2024, 17:28

    Instagram: Nargiza Salmonova oilasida judolik, Bobur Mansurov yangi avtomobil xarid qildi, Halima Ibragimovaning so‘nggi intervyusi e’lon qilindi

    11.12.2024, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nega Kerem Byursin va Hande Erchel endi hech qachon birga suratga tushmaydi va bunga kim aybdor?

    Kino | 14 avgust, 19:55

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.