• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Dunyo

    Afg‘onistondan olib o‘tilgan aviatexnikalar, harbiy hamkorlik va erkin OAV: AQSH elchisi O‘zbekiston siyosatini qanday baholadi?

    AQSH elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, siyosiy aloqalar haqida “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imamovaga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    Foto: “Amerika ovozi”

    Afg‘onistondan olib o‘tilgan aviatexnikalar O‘zbekistonda qolishi

    AQSH diplomatidan 2021-yil afg‘on harbiylari tomonidan olib o‘tilgan AQSH aviatexnikalari O‘zbekistonda qolishi va bunga “Tolibon” tomonidan bildirilgan e’tirozlar borasida munosabat so‘raldi.

    “Bugungi kunda bu muammo hal bo‘lganga o‘xshaydi. Bunga ishonchingiz komilmi? Hozirda samolyotlar nazorati butunlay O‘zbekiston hukumatiga tegishlimi yoki ushbu muammo hali ham munozaralar maydonidami?”, deb so‘radi Imamova.
    “Bu mavzu haqida muloqotni davom ettirish o‘rinsiz. Muammo allaqachon hal qilingan deb o‘ylayman. Dastur tafsilotlarini hozircha muhokama qilolmaymiz”, dedi elchi.

    Jonatan Xenik “Tolibon” tomonidan bildirilgan e’tirozlar vaziyatni qanday o‘zgartirishi borasida hech narsa deya olmasligini aytdi.

    Harbiy hamkorlik

    AQSH elchisi hozirda O‘zbekiston bilan mudofaa va harbiy xavfsizlik sohasidagi aloqalar a’lo darajada ekanini aytdi. U buning Afg‘oniston bilan qay darajada bog‘liqligini quyidagicha baholadi:

    “Shuni aniq aytolamanki, buning Afg‘oniston tomonidan potensial terrorizm tahdidlari bilan bog‘liqligi bor. Chegara xavfsizligi biz uchun muhim. Ammo ayni vaqtda giyohvand moddalar, odam kontrabandasiga qarshi birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz ustida ham ishlamoqdamiz. Demak, bu faqat Afg‘onistonning potensial tahdidlariga qaratilgan hamkorlik emas. AQSH va O‘zbekiston so‘nggi bir necha yil davomida mudofaa va harbiy sohada mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ushbu qo‘shma tahdidlarga qarshi turish qobiliyatimizni oshirish uchun tajriba almashmoqdamiz”.

    Jonatan Xenik so‘nggi bir necha yil davomida mintaqa bilan munosabatlar tor doiradan ikki tomonlama manfaat, O‘zbekiston islohotlarini qo‘llab-quvvatlash hamda umumiy mintaqaviy manfaatlar asosida shakllanganini aytdi. Shuningdek, ular qatoriga C 5 + 1, Transkaspiy yo‘li va shunga o‘xshash masalalarni ham kiritdi.

    Termizdagi xalqaro savdo markazi

    Navbahor Imamova diplomatdan Termizda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan hamkorlikda ishga tushgan xalqaro savdo markazi borasida fikrini so‘radi.

    “Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonga eng ko‘p gumanitar yordam ko‘rsatuvchi davlat ekanini unutmaslik kerak. Bilasizmi, bugungi kunga qadar biz ulkan miqdorda insonparvarlik yordamini ko‘rsatmoqdamiz. Chunki biz ham O‘zbekiston singari, Afg‘onistondagi gumanitar inqirozlar va beqaror vaziyatning oldini olishdan manfaatdormiz.

    Shu bilan birga, mintaqa davlatlari, jumladan, O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumati bilan birgalikda hal qilinishi kerak bo‘lgan qonuniy-iqtisodiy muammolar mavjud. Ayni paytda O‘zbekiston bilan Afg‘oniston borasida juda kuchli hamkorlik aloqalariga egamiz. O‘zbekiston Xalqaro Doha hamjamiyatining faol ishtirokchisi, shu sababdan har ikki davlatning manfaatlari bir-biriga chambarchas bog‘liq. Tolibon AQSH, xalqaro hamjamiyat hamda inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini yaxshi tushunadi. Umid qilamanki, bu Doha jarayonini oldinga siljitishda o‘z hissasini qo‘shadi”, dedi u.

    Elchi afg‘on xalqiga yordam beradigan va chegara barqarorligini ta’minlay oladigan har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini aytdi:

    “Albatta, O‘zbekistonda hal qilinishi kerak bo‘lgan boshqa qonuniy-iqtisodiy muammolar mavjud. Menimcha, avvalo “Tolibon” masalasi, jumladan, xalqaro e’tirofga intilishlar, mablag‘larni bloklash kabi fikrlarni bartaraf etishimiz kerak. Bularning barchasi Doha xalqaro hamjamiyati tomonidan hal qilinadi”.

    AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari

    “So‘nggi ikki yil ichida munosabatlarimiz iqtisodiy va tijoriy jihatdan ham rivojlanishni boshlandi. Hozirda O‘zbekistonga AQSH kompaniyalari tomonidan qiziqish ortib borayotganiga va buning natijasida yaratilayotgan savdo-sotiq aloqalari, yangi imkoniyatlar, sarmoyalarga guvoh bo‘lmoqdamiz.

    Iqtisodiy nuqtai nazardan, darhaqiqat, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish uchun zarur bo‘lgan islohotlari, tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha olib borilgan muzokaralardagi yutuqlari katta olqishga loyiq.

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishiga umidvormiz. Ma’lumki, AQSH savdo vakili Ketrin Tay bir necha oy oldin O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bilasizmi, u har qanday davlatga tashrif buyuravermaydi va menimcha, bu tashrif O‘zbekiston iqtisodiyotining istiqboli yuksakligidan dalolat beradi”, dedi Jonatan Xenik.

    U so‘nggi bir-ikki yil ichida O‘zbekistonda iqtisodiy, siyosiy aloqalar bo‘yicha muhim islohotlar olib borilayotganini qayd etdi:

    “Gender zo‘ravonlikka qarshi qonun, menimcha, butun mintaqa uchun ulkan muvaffaqiyat. Hali qilinishi kerak bo‘lgan juda ko‘p ishlar bor. Gender tengligini ta’minlash va ayollarni uydagi zo‘ravonliklardan himoya qilish muhim vazifa. Biz bu borada hukumat, shuningdek, fuqarolar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.

    Mehnat huquqlari bo‘yicha ham taraqqiyot davom etmoqda. Hukumat yordami bilan paxta terimida bolalar mehnatiga barham berish, ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash borasida o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Bunda ishchilar o‘zlarining haq-huquqlarini bilishi va qulay ish sharoitlari ta’minlash uchun kerakli bitimlarni tuzish qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim”, dedi u.

    Navbahor Imamova JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha sa’y-harakatlari va AQSH ko‘rsatayotgan yordam uzoq muddatlidek tuyulsa ham prezident administratsiyasining AQSH bilan ko‘pgina ishlari qisqa muddatli ko‘rinayotganini aytdi.

    “Shu bilan birga, ular endi sarmoya xohlashlarini eshitmoqdamiz”, deydi jurnalist

    Jonatan Xenik erta qayg‘urish normal holat ekanini aytib, bunga quyidagicha izoh berdi:

    “O‘ylaymanki, shuning uchun ham prezident Mirziyoyev va uning administratsiyasi iqtisodiy o‘sish, ish o‘rinlari yaratish va qashshoqlikni qisqartirish masalalariga katta e’tibor qaratgan. Biz bu masalalarda ular bilan hamkorlik qilishdan va uzoq muddatli ish o‘rinlari yaratadigan investitsiyalarni jalb qilishga harakat qilishdan juda mamnunmiz. Lekin bu munosabatlarimiz faqat pragmatik yoki qisqa muddatli ekanini anglatmaydi. Aytganingizdek, JSTga a’zolik, Transkaspiy yo‘li, hattoki prezidentning ta’limga alohida e’tibor qaratayotgani va ta’lim bo‘yicha ana shu ulkan maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradigan hamkorlik dasturlarimiz — bularning barchasi juda uzoq muddatli sarmoyadir.

    Xavfsizlik bo‘yicha hamkorligimiz chegara xavfsizligi salohiyatini oshirish, harbiylarning mashg‘ulotlar o‘tkazish uslubini o‘zgartirish va harbiylar o‘rtasida nodavlat notijorat tashkiloti korpusini yaratishga qaratilgan. Bularning barchasi uzoq muddatli maqsadlar bo‘lib, kelajakdagi harbiy xarakter va imkoniyatlarni yangi cho‘qqilarga olib chiqadi. Qilayotgan ishlarimizning aksariyati uzoq muddatli mustahkam munosabatlar uchun poydevordir”.

    Foto: VOA

    O‘zbekiston siyosatiga baho

    “Men real vaqt rejimida bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlarni baholay oladigan chuqur tajribaga ega emasman. Aytmoqchimanki, prezidentning strategik ambitsiyalari va islohotlar dasturiga qoyil qolaman. Faqatgina ba’zida bu hukumatning ushbu kun tartibini amalga oshirish qobiliyatidan xavotirdaman, xolos.

    Qo‘shma Shtatlarning kuchli tomonlaridan biri shundaki, bizda ko‘pincha “demokratiya laboratoriyasi” deb ataladigan 50 ta turli shtat mavjud bo‘lib, ular ba’zi hollarda Vashington tomonidan moliyalashtiriladigan bir xil dasturlarni amalga oshiradilar, ammo ularni joylarda o‘zlari xohlagancha amalga oshirishlari mumkin. Masalan, bizning ta’lim tizimimiz 50 dan ortiq turli xil variantlarga ega, chunki har bir davlat o‘z o‘quv dasturini belgilaydi va ta’limni qanday moliyalashtirishini belgilaydi. Buning afzalligi shundaki, aksar munitsipalitetlar yoki shtatlar muvaffaqiyat qozonadi, boshqalari esa muvaffaqiyatsizlikka uchraydi va biz ulardan saboq olamiz. O‘ylaymanki, biz bu turdagi tajribalarni O‘zbekistonda ham qo‘llashimiz kerak”, deydi diplomat.


    AQSH elchisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar sayloviga ham munosabat bildirdi. U elchi sifatida hech bir siyosiy partiyani qo‘llab-quvvatlay olmasligini aytdi.

    “Lekin biz O‘zbekistonda muxolifat partiyalarining ro‘yxatga olinishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Menimcha, o‘zbek xalqi, saylovchilar imkon qadar ko‘proq tanlovga loyiq. Bu O‘zbekistonda demokratik tizimni mustahkamlaydi”, dedi u.

    Diplomat, shuningdek, o‘zbek jamiyati dunyoning qolgan qismi uchun ochiq ekanini alohida ta’kidlagan. Xususan, yoshlarning xorijda ta’lim olish yoki chet elda ishlash istagini ijobiy baholagan.

    Xenik O‘zbekistonda media muhitini yanada kuchaytirish kerakligini qo‘shimcha qilgan. U odamlar o‘z fikrlarini bildirish va fikr almashinishda o‘zlarini qulay his qilishlari muhim ekanini aytgan.

    Korrupsiya muammosi

    AQSH diplomati suhbat chog‘ida korrupsiya mavzusiga to‘xtalar ekan, u hamma joyda mavjud muammo ekanini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda ham ushbu muammo ildiz otgan.

    “Korrupsiya mamlakatdagi har bir kishi uchun makkor soliqdir. Ko‘pgina dasturlarimiz bu yerda qonun ustuvorligini mustahkamlashga, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bilan hamkorlik qilishga va hukumat amaldorlari uchun manfaatlar to‘qnashuvi va moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ishlab chiqishga yordam berishga qaratilgan”.

    Xenik korrupsiya hech qachon butunlay yo‘qolmasligi, lekin uning jamiyatga, hukumat faoliyatiga va aholining hukumatga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga salbiy ta’sirini minimallashtirish kerakligini qayd etgan.

    Siyosatchi, shuningdek, aksar NNTlar O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini ma’lum qilgan. Biroq u byurokratiyani hal etilishi kerak bo‘lgan eng katta muammo deb qayd etgan.

    “Bir necha yil oldin USAID o‘z missiyasini kengaytirdi. Ishlar qanday ketmoqda? Dasturlar kengayyaptimi? U yerda biron bir muammoga duch kelyapsizmi?”, deb so‘radi Imamova.

    “Siyosiy masalalarga kelsak, dasturlarimizni qabul qilishda jiddiy muammolar bo‘lmadi. Biz muvaffaqiyatlarga erishdik. Biz hukumat bilan ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash va sohaga oid yordam shartnomalarini muzokaralar olib borish ustida ishlayapmiz.

    Iqtisodiy dasturlarimizni va, ehtimol, sog‘liqni saqlash dasturlarimizni qamrab olish uchun shunga o‘xshash kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilmoqdamiz. Har qanday qiyinchiliklarga qaramay, USAID’ning O‘zbekistondagi missiyasi hukumat tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi va dasturlarimiz juda yaxshi amalga oshirilmoqda”, deb javob berdi elchi.

    Foto: VOA

    Jurnalist diplomatga O‘zbekistonda qisqa muddatda uni xavotirga solayotgan hamda o‘zgartirishni xohlaydigan masalalar haqida savol berdi.

    “Menda alohida xavotirlar mavjud emas. Ikki tomonlama munosabatlarimiz rivojlanib borayotganidan juda mamnunman. Umid qilamanki, munosabatlarimizni mustahkamlashda davom etishimiz uchun imkoniyatlar mavjud”, deydi Xenik.

    AQSH elchisi muhokama markazidagi narsalarga, xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratilayotganini qayd etgan:

    “Men bu yerda mustaqil OAVning rivojlanishi uchun sog‘lom muhit bo‘lishini istardim. Bular yakunda prezidentning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin, bilasizmi, byurokratiyaning qisqarishi aniq. Biz ko‘proq vakolatlarni quyi darajalarga berish kerakligi haqida gaplashdik. Aytmoqchimanki, biz ko‘plab asosiy masalalarni yoritib oldik, deb o‘ylayman. Menimcha, bu kelajakda muammoga aylanishi mumkin”.
    17.10.2024, 09:30   Izoh (0)   10021
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#O‘zbekiston#elchi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saida Mirziyoyeva Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi bilan AQSHga bo‘lajak tashrif masalalarini muhokama qildi

    31.08.2023, 22:48

    Vashington meri 1-sentabrni AQSH poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi kuni deb e’lon qildi

    02.09.2023, 15:25

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    26.09.2023, 15:31

    Afg‘onistondan O‘zbekistonga 2021-yilda o‘tgan harbiy aviatexnika bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda — AQSH elchisi

    19.10.2023, 12:10

    “Qaroqchi baron”: Gulnora Karimovaning 840 mln dollarlik boyligi kimga qaytariladi? 

    28.10.2023, 18:21

    “Bog‘lar, xuddi demokratiya kabi, rivojlantirilishi va himoya qilinishi kerak” — AQSH elchisi

    04.05.2024, 08:50

    AQSH savdo vakili Ketrin Tay 11-iyun kuni O‘zbekistonga keladi

    10.06.2024, 11:20

    Ipak yo‘lining qayta tiklanishi: imkoniyatlar koridorini shakllantirish

    20.06.2024, 20:30

    “O‘zbekiston hukumati to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda” — AQSH Savdo vakilligi rasmiysi O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi borasida

    09.07.2024, 14:15

    Rossiyaga ayiqlarni ko‘rish uchun kelgan, ammo urush sabab keta olmagan. O‘zbek boksiga poydevor qo‘ygan amerikalik Sidney Jekson haqida

    13.08.2024, 15:44

    “AQSH afg‘on xalqining mulkini musodara qilishga haqqi yo‘q” — “Tolibon”

    27.08.2024, 15:44

    Ukraina elchisi O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi eng qiyin muammoni aytdi

    12.09.2024, 13:18

    O‘zbekiston tijorat banklarida dollar sotuv kursi 12 855 so‘mgacha ko‘tarildi

    07.10.2024, 14:25

    Isroil—Eron urushi Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qiladi?

    07.10.2024, 17:31

    Asila Mirzayorova: “Tashkilotchilar bittagina urinish berdi. Unda sakray olmay, yugurib o‘tib ketdim”

    08.10.2024, 11:02

    O‘zbekiston harbiylari xalqaro “Kembriya patruli” tanlovida 2-o‘rinni oldi

    08.10.2024, 15:03

    O‘zbekistonda o‘tgan yetti yilda elektromobillar importi 10 baravarga oshdi

    09.10.2024, 18:38

    Nyu York merining “ishi”ga o‘zbekistonlik tadbirkor ham aloqadormi? AQSHdagi katta mojaro tafsilotlari

    09.10.2024, 21:25

    AQSHdagi o‘zbekistonliklar “Milton” to‘foni sabab ehtiyot сhoralarini ko‘rishga chaqirildi

    10.10.2024, 11:38

    Quyosh va shamoldan olinadigan elektr energiyasi narxi GESga nisbatan arzonlashmoqda

    10.10.2024, 13:25

    O‘zbekistonda 2023-yilda 100 tonna oltin qazib olindi

    10.10.2024, 15:36

    O‘zbekiston Afg‘onistonda gaz qazib olish uchun 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Maqsad “Tolibon”ni tinchlantirishmi yoki ...

    10.10.2024, 21:05

    O‘zbekistonga yil davomida qancha avtomobil import qilingani ma’lum qilindi

    14.10.2024, 10:25

    OAV: Isroil Erondan ehtimoliy hujumga javoban GPS signallarini o‘chirmoqda

    15.10.2024, 17:47

    Maduro Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi

    15.10.2024, 18:16

    Dunyo davlatlarining jami qarzi 2024-yilda 100 trln dollardan oshishi kutilmoqda

    15.10.2024, 21:25

    Isroil rasmiylari Eronga hujum qilish usuli va vaqtini kelishib oldi

    15.10.2024, 22:00

    NATO bosh kotibi: “Alyansning yangi qo‘mondonligi Ukrainadagi mojaroning borishiga ta’sir o‘tkaza oladi” 

    16.10.2024, 00:15

    AQSH Isroilga qurol yuborishni qisqartirish bilan tahdid qildi 

    16.10.2024, 16:05

    AQSH va Meksika chegarasida yuzdan ortiq migrant jazirama sabab vafot etdi

    16.10.2024, 15:21

    Zelenskiy Ukraina Oliy Radasida “g‘alaba rejasi”ni taqdim qildi

    16.10.2024, 17:10

    Borrel: “Yevropa ittifoqi Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berishga 42 mlrd yevro sarfladi” 

    16.10.2024, 18:30

    AQSH Isroil Eronga javob zarbasini 5-noyabrgacha yo‘llashi mumkinligini ma’lum qildi

    16.10.2024, 19:15

    Mask Tramp kampaniyasiga qancha xayriya qilgani ma’lum bo‘ldi

    16.10.2024, 19:45

    AQSH Ukraina uchun navbatdagi yordam paketini 17-oktyabr kuni e’lon qiladi

    16.10.2024, 23:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24

    Hindiston chegarachilari davlatga noqonuniy kirishga uringan pokistonlikni otib o‘ldirdi

    Dunyo | 25 may, 15:09

    Kevin de Bryuynening keyingi manzili qaysi chempionat bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi — manba

    Sport | 25 may, 14:16

    Xitoy aeroportida ayol yuzni aniqlash skaneridan o‘tolmagani uchun makiyajini o‘chirishga majbur bo‘ldi (video)

    Layfstayl | 25 may, 14:11

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.