Meksikada 4 ming dollarlik sun’iy intellektli robot it Monterrey shahri ko‘chalarida sayr qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

It egasi senator Uoldo Fernandes hisoblanadi. Robot har kuni atrofdagilarga jonvorlarga g‘amxo‘rlik qilish qanchalik muhimligini eslatib turadi. U tashqi ko‘rinishidan haqiqiy uy hayvoniga o‘xshamasa-da, allaqachon shahar aholisining e’tiborini qozonishga ulgurgan. Bo‘yi deyarli bigl zotidagi itdek keladigan kulrang robot “samimiy ovoz” bilan:
“Salom, men Uoldogman. Men zabonsizlarga — ko‘chada yashovchi jonivorlarga ovoz berish uchun shu yerdaman”, deya murojaat qiladi.

Uoldog — robot egasi uni o‘z nomi bilan atagan — hozircha ko‘chalarda faqat hamrohlari bilan sayr qilishi mumkin. Uning harakatlari masofadan boshqaruv pulti orqali nazorat qilinadi. Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish muammosini muhokama qilish va selfilarga tushish kabi asosiy vazifalardan tashqari, robot it ijtimoiy ahamiyatga ega ishlarni ham bajaradi.

Jumladan, ko‘cha chiqindilarini tozalaydi va daydi itlarni ro‘yxatga oladi. Uoldogning sayrlaridan qanday natija bo‘lgani hozircha noma’lum, ammo uning mavjudligi o‘tkinchilarni xursand qilmoqda.
Izoh (0)