• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Tarix yozgan shaxmatchilar, to‘xtashni bilmayotgan Chusovitina, Nuriddinovning kambeki va intrigaga boy bo‘lgan Superliga. O‘zbek sportida yil sarhisobi

    Juda ko‘p voqealarga boy bo‘lgan 2022-yil ham o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, sportda ham yil sarhisobi qiladigan vaqt keldi. Joriy yil o‘zbek sportida ham esda qolarli voqealarga boy bo‘ldi. 2022-yil davomida o‘zbek sportida sodir bo‘lgan muhim hodisalarni “Daryo” bir sahifaga to‘pladi.

    O‘zbekiston yoshlari Osiyo Kubogi finalida

    U-23 Osiyo Kubogiga O‘zbekiston mezbonlik qildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston olimpiyachilari guruhda Turkmaniston, Eron va Qatarni ortda qoldirgan holda, birinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi. Dramatik o‘yinda Iroqni yenggan mezbonlar yarim finalda Yaponiyaga imkon qoldirmadi.

    Musobaqa finalida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni yoshlari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda tajribaliroq bo‘lgan arablarning qo‘li baland keldi.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    25 ming so‘mlik chipta “qo‘lda” 200 ming, markaziy joylar — 500 ming so‘m

    Ushbu final yana bir voqea bilan yodda qoldi. O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuviga chiptalar 17-iyun kuni “Bunyodkor” stadioni kassalarida sotuvga chiqdi. Chiptaxona atrofida minglab muxlislar to‘plangan edi. Kassalarda faqat darvoza orti sektorlariga chiptalar sotilgan. Narx — 25 ming so‘m. Har bir kishiga ko‘pi bilan beshta chipta sotilgan.

    Ko‘plab chiptalar “qo‘lga” chiqib ketgan. Kassada 25 ming so‘mlik chiptalar “qo‘lda” 100—150 ming, hatto 200 ming so‘mdan sotilgan. Yana bir chayqovchi markaziy sektordagi chiptani 500 ming so‘mga baholagan.

    “Paxtakor” — “Navbahor” o‘yinidagi mashmashalar

    Qiziqarli o‘tgan Superliga mavsumi mojarolardan holi bo‘lmadi. Janjallardan biri turnir 4-turi doirasida kechgan “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvida (1:0) sodir bo‘ldi.

    Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida “Paxtakor” fan-klubi yetakchisi Javohir Zokirov texnik zonada paydo bo‘lgan va maydondan chiqib ketgan to‘pni qasddan tepib yuborgan. Uning harakatlari muxlislar, raqib jamoa a’zolari va rasmiylari noroziligiga sabab bo‘lgan. O‘yindan keyin “Navbahor” darvozaboni O‘tkir Yusupov Zokirov bilan mushtlashib ketgan va unga zarba bergan. Bu holat bo‘yicha Zokirov va Yusupovga jarima intizom chorasi qo‘llanilgan. “Navbahor” murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy yuqoridagi vaziyat sabab tinchlana olmagan.

    O‘FA tartib-intizom qo‘mitasi Kolosovskiyni 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi va moliyaviy jarima intizom chorasi qo‘lladi. Shuningdek, “Paxtakor” matbuot kotibi Behzod Nazarov, klub katta menejeri Ilhom Yakvalxo‘jayev ham jarimaga tortilgan.

    “Navbahor” jamoasi o‘yin yakunlangach, kiyinish xonasining ichki va tashqi devorlariga zarar yetkazib, uni ta’mirtalab holga keltirgani bois klub jarimaga tortilgan.

    Qimorga aralashgan “Lokomotiv” futbolchisi

    “Lokomotiv” klubi va jamoa sardori Kaxi Maxaradze kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani iddao qilingan xabar tarqaldi. Sentabr oyida futbol sohasidagi barcha tashkilot va shaxslarning pochtasiga bir xat kelib tushgan.

    O‘zini bukmekerlik kompaniyasi inspektori deb tanishtirgan shaxs “Lokomotiv” klubi futbolchilarining kelishilgan o‘yinlarda qatnashganini iddao qilgan. Ushbu xatda “Lokomotiv” futbolchisi Kaxi Maxaradzening kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani borasidagi dalillar qo‘shimcha qilingan.

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Etika qo‘mitasi “Lokomotiv” yarim himoyachisi Kaxi Maxaradzeni 5 yilga futbolga oid faoliyatdan chetlatdi va unga nisbatan 100 million so‘m jarima qo‘llanilgan.

    Osiyo Kubogi—2023 saralashida 100 foizlik natija

    O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi—2023 saralashi doirasida Shri-Lanka, Maldiv orollari va Tailand bilan birga C guruhidan joy oldi. Srechko Katanes shogirdlari 1-turda Shri-Lanka, 2-turda esa Maldiv orollarini mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. 3-turda esa Tailand ham taslim etildi.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Yil yakuni. Superligada “Paxtakor” yana chempion, “Navbahor” kumush medaliga ega chiqdi, “Nasaf” esa O‘zbekiston Kubogi sohibi

    Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 54 ochko jamg‘arib, Superliga chempioniga aylandi. “Sherlar”dan 1 ochko kam jamg‘argan “Navbahor” kumush medalga ega chiqdi. So‘nggi 2 turda mag‘lubiyatga uchragan “Nasaf” esa alamli tarzda 3-o‘ringa tushib ketdi.

    Superliganing 2022-yilgi mavsumida ishtirok etgan 14 ta jamoadan uchtasi musobaqani tark etdi. “Qo‘qon-1912” hamda “Dinamo” 13 va 14-o‘rinni egalladi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi esa 12-o‘rinni olib, Pro-Ligada 3-o‘rinni olgan “Turon” jamoasi bilan “o‘tish o‘yini”da ishtirok etdi. Ushbu bahs 2:1 hisobida “Turon”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

    Shuningdek, Pro-Ligadan “Andijon” va “Buxoro” jamoalari Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

    30-oktabr kuni O‘zbekiston Kubogining finalida “Navbahor” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Qo‘shimcha bo‘limlargacha borgan o‘yinda “Nasaf” o‘z tarixida uchinchi marta O‘zbekiston Kubogi g‘olibiga aylandi.

    “Nasaf” o‘z tarixida ilk bor OCHL pley-off bosqichida ishtirok etadi

    Foto: PFL

    Foto: PFL

    Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi E guruhida qarshiliklar 9 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni egallagandi.

    OFK 2022-yilgi mavsumdan boshlab musobaqani kuz-bahor tizimiga o‘tkazishni boshladi. Shu bois bahordayoq pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Qarshi jamoasi nimchorak final o‘yinini qariyb 10 oydan so‘ng o‘tkazadigan bo‘ldi.

    “Nasaf” nimchorak finalda Saudiyaning “Ash-Shabob” klubi bilan bahs olib boradi. 1/8 final bahslari 2023-yilning 19-20-fevral sanalarida bo‘lib o‘tadi. Chorak final bahslari 23-fevral, yarim final esa 26-fevralda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Pley-off bahslari markazlashgan tizimda o‘tkaziladi.

    JCH—2022 ishtirokchilariga munosib qarshilik ko‘rsatgan O‘zbekiston terma jamoasi

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida BAAning “Al-Vahda” jamoasi, shuningdek, Janubiy Sudan bilan nazorat o‘yinlarida ishtirok etdi. Har ikkala o‘yinda ham Srechko Katanes shogirdlarining qo‘li baland keldi.

    Sentabr oyida esa O‘zbekiston Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Katanes jamoasi Kamerun ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Kosta-Rikaga qarshi bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

    Noyabr oyida esa Qozog‘iston va Rossiya terma jamoalari O‘zbekistonning raqibi bo‘ldi. Terma jamoa derbida qo‘shnisini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Rossiya bilan esa nursiz durang qayd etildi.

    Shuningdek, Srechko Katanes shogirdlari mart oyida Navruz Cup—2022 turnirida ishtirok etdi. Yarim finalda Qirg‘iziston 3:1 hisobida taslim etildi. Finalda esa Ugandaga hech qanday imkon qoldirilmadi.

    O‘zbekistonga kelgan Italiya A Seriyasi faxriylari

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston futbolining 110 yilligi, shuningdek, qator o‘zbek futboli afsonalarining xayrlashuv o‘yini o‘ziga xos bayramga aylandi. Toshkentga Italiya A Seriyasi afsonalari tashrif buyurdi.

    Ularning ro‘yxati quyidagicha bo‘ldi: Kristian Abbiati, Dario Shimich, Luka Antonini, Kristian Zakkardo, Kristian Zenoni, Eduardo, Aldair, Vensan Kandela, Luiji di Byadjo, Anjelo Karbone, Marek Yankulovskiy, Serjinyo, Lyudovik Jyuli, Robson Toledo, Alberto Jilardinyo, Daniele Massaro, Vinchenso Yakvinta.

    Ravshan Ermatov boshqarib borgan uchrashuvda o‘zbek futboli afsonalari 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi.

    Guruh bosqichida o‘zbekistonliklar Polshani 3:1 hisobida, Ispaniyani 3:0 hisobida, Tanzaniyani esa 2:0 hisobida taslim etib, pley-off bosqichiga chiqdi. Nimchorak finalda Kolumbiya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida taslim etildi. Chorak finalda esa Italiya 4:0 hisobida mag‘lub etildi. Yarim finalda terma jamoa Turkiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bronza uchun kechgan o‘yinda Gaiti taslim etildi.

    Keyinchalik O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi a’zolariga Cobalt avtomobillari topshirildi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    O‘zbekistonlik futbolchilar xalqaro maydonlarda

    Oxirgi paytlarda zaxira o‘rindig‘ida qolayotgan “Roma”ning o‘zbekistonlik a’zosi Eldor Shomurodov may oyida sovrin qo‘lga kiritdi. Joze Mourinyo boshchiligidagi jamoa Konferensiyalar Ligasi finalida “Feyenoord” ustidan 1:0 hisobida zafar quchib, ushbu kubokning dastlabki g‘olibiga aylandi. Eldor Shomurodov uchrashuvning 89-daqiqasida Temmi Abraham o‘rniga maydonga tushdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zbekistonlik futbolchi Bobur Abduxoliqov Belarus Oliy Ligasining 2022-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Shuningdek, Bobur eng yaxshi hujumchi, eng yaxshi to‘purar va eng foydali futbolchi nominatsiyalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    “Energetik-BGU” jamoasi mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunladi. Abduxoliqov esa 26 ta gol va 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

    Foto: “Energetik-BGU”

    Foto: “Energetik-BGU”

    O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari

    Toshkentdagi Renaissance Hall saroyida 26-noyabr, shanba kuni UZ Football Awards—2022 marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    • Yilning eng yaxshi murabbiyi – Temur Kapadze (“Olimpik” va O‘zbekiston U-23 terma jamoasi);
    • Yilning eng yaxshi futbolchisi – Jamshid Iskandarov (“Navbahor”);
    • Superliganing eng yaxshi murabbiyi — Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”);
    • Superliganing eng yaxshi futbolchisi — Dragan Cheran (“Paxtakor”);
    • Yosh yulduz — Abbosbek Fayzullayev (“Paxtakor”);
    • Superliga-2021 to‘purari — Dragan Cheran (“Paxtakor”) — 20 ta gol;
    • Superliganing eng chiroyli goli — Islomjon Toshpo‘latov (“Surxon”);
    O‘zbek professional bokschilarida nima gaplar?

    Bahodir Jalolov professional boksda 3 ta jang o‘tkazdi va uchalasida ham g‘alaba qozondi. Dastlab Kamil Sokolovski, keyin Jek Mulovayi va noyabr oyida Kyortis Harper mag‘lub etildi. Shuningdek, Jalolov BAAning Abu-Dabi shahrida 11-dekabr kuni boks bo‘yicha IBA Champions Night musobaqasida Danis Latipovni yengib, IBA chempionlik kamariga ega chiqdi.

    Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) 26-iyun kuni AQShda jang o‘tkazdi. O‘zbekiston vakil amerikalik Ronni Riosni (33-4-0, 16 KO) 12-raundda nokautga uchratib, kamarlarini himoya qildi.

    Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev 2022-yilda 2 ta professional jang o‘tkazdi. Mart oyida Devid Segarrani mag‘lub etgan bo‘lsa, avgustda Sladan Yanyanin taslim etildi.

    Shahram G‘iyosov (13-0, 9 KO) esa may oyida Las-Vegasda (AQSH) meksikalik Kristian Gomes (22-3-1, 20 KO) bilan jang qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jangda G‘iyosov ochkolar evaziga (99-88, 99-88, 98-89) g‘alaba qozondi.

    Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston vakillari tarixda ilk bor sovrindorlar qatoridan joy oldi

    Foto: IBA

    Foto: IBA

    Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston vakillari ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ilk bor sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bunga qadar kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbek ayol bokschisi shohsupaga ko‘tarilolmagandi.

    To‘xtashni istamaydigan Oksana Chusovitina

    Foto: Instagram / @oksana2016

    Foto: Instagram / @oksana2016

    Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon Kubogi o‘tkazildi. 46 yoshli Oksana Chusovitina tayanib sakrash mashqi bo‘yicha o‘tkazilgan final bahsida 13,226 ochko to‘plab, 1-o‘rinni egalladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

    Ruslan Nuriddinov — Jahon chempioni!

    Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov avgust oyida Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida dast ko‘tarishda 187 kg, siltab ko‘tarishda 230 kg va ikki kurash bo‘yicha 417 kg bilan o‘yinlar rekordini o‘rnatgan holda g‘alabani tantana qildi.

    Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi

    Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
    Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida esa Ruslan dast ko‘tarishda 177 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg toshni bo‘ysundirib, uchta yo‘nalishda ham oltin medalga ega chiqdi. Bu orqali Nuriddinov ikkinchi marta jahon chempioniga aylandi va bu natijani qayd etgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi.

    Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogida O‘zbekiston 3-o‘rin sohibiga aylandi

    Foto: Futzal chempionati

    Foto: Futzal chempionati

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogida ishtirok etdi. Guruh bosqichi 1-turida o‘zbekistonliklar Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi va javobsiz 8 ta gol urdi. 2-turda esa Tojikiston 3:2 hisobida mag‘lub etildi. 3-turda Bahrayn 6:1 hisobida taslim etildi va Bahodir Ahmedov shogirdlari 100 foizlik natija bilan pley-offga yo‘l oldi.

    Chorak finalda O‘zbekistonga Kuvayt raqiblik qildi. O‘zbekistonliklar Kuvayt darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi. Yarim finalda esa Yaponiyaga to‘qnash keldi. Afsuski, bu safar Bahodir Ahmedov jamoasidan omad yuz o‘girdi. 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, final yo‘llanmasidan quruq qoldi. 3-o‘rin uchun bahsda esa Tailand O‘zbekiston 8:2 hisobida g‘alaba qozondi va Osiyo Kubogida 3-o‘rinni egalladi.

    Tarixiy g‘alaba. O‘zbekiston terma jamoasi shaxmat Olimpiadasi g‘olibiga aylandi

    Foto: Shaxmat federatsiyasi

    Foto: Shaxmat federatsiyasi

    Hindistonning Chennai shahrida 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o‘tkazildi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi shaxmat Olimpiadasida Nepal (4:0), Farer orollari (4:0), Sloveniya (3:1), Slovakiya (4:0), Peru (4:0), Germaniya (2,5:1,5), Armaniston (3:1) termalarini yutgan bo‘lsa, AQSH, Hindiston va Hindiston-2 bilan durang (2:2) o‘ynadi.

    O‘zbekiston vakillari hal qiluvchi turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi va 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

    Mazkur g‘alaba orqali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medal masalasini hal qildi va o‘z tarixida ilk bor Olimpiada chempioniga aylandi.

    Musobaqada g‘olib bo‘lgan har bir shaxmatchilarga 600 mln so‘mlik pul mukofotlari hamda “Equinox” avtomashinasi kalitlari topshirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    UFC’dagi o‘zbekistonlik jangchilar

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov UFC 280  musobaqasida Braziliya vakili Kayo Borralyoga qarshi oktagonga chiqdi va mag‘lubiyatga uchradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zarrux Adashev esa iyun oyida UFC Vegas 56 musobaqasi doirasida yamaykalik Ode Osbornga qarshi jang qildi. O‘zbekistonlik yakkakurashchi jangning birinchi raundidayoq kuchli zarbani o‘tkazib yubordi va chuqur nokaut holatiga tushdi. 25-iyun kuni Zarrux UFC bilan shartnomasi bekor bo‘lganini ma’lum qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yana bir UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov 2022-yilda 2 marta oktagonga ko‘tarildi. Iyul oyida UFC Vegas 58 da jang qilgan Saidyoqub Ronni Lourensni mag‘lub etdi.

    Dekabr oyida esa Qahramonovga Rossiya vakili Said Nurmagomedov raqib bo‘ldi. Birinchi raund to‘liq Saidyoqubning ustunligida o‘tdi. Ikkinchi raundda ham faollik Qahramonov tomonida edi, biroq Nurmagomedov raund o‘rtasida raqibini bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi.

    31.12.2022, 18:00   Izoh (0)   25331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Krishtianu Ronaldu “Real” unga taklif berishini kutgan

    31.12.2022, 16:55

    “Santos” Pelening 10-raqamini saqlab qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda

    31.12.2022, 14:11

    Karim Benzema La Ligada eng sermahsul futbolchi bo‘lib turibdi

    31.12.2022, 11:51

    “Milan” “Chelsi” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    31.12.2022, 09:40

    Mark Overmars yurak xurujini boshidan o‘tkazdi. Sobiq futbolchi hozirda shifoxonada

    31.12.2022, 08:42

    La Liga. “Real” Karim Benzemaning dubli evaziga g‘alaba qozondi va musobaqa peshqadamiga aylandi

    31.12.2022, 03:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ipak Yo‘li Banki “yashil” iqtisodiyotdagi yutuqlari uchun ikki mukofotga sazovor bo‘ldi 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ACCA xalqaro assotsiatsiyasi akkreditatsiyasiga ega bo’ldi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Xiaomi O‘zbekistonda Redmi Note 14 seriyasini taqdim etdi: Professional fotografiya va ajoyib quvvat


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    2025-yilga kelib Beepul O‘zbekistondagi foydalanuvchilar soni va daromadini bir necha barobarga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Farg‘onada portlagan “zapravka”: ochiq qolayotgan savollar (18+)

    22 yanvar, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.