Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida harakat qilayotgan Bahodir Jalolov (12-0, 12 KO) o‘zining navbatdagi jangini O‘zbekiston vaqti bilan 27-noyabr tongida o‘tkazdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Kaliforniyada (AQSH) bo‘lib o‘tgan jang oqshomida O‘zbekiston vakiliga amerikalik Kyortis Harper (14-9, 9 KO) raqib bo‘ldi.

Dastlabki ikki raund nisbatan sust tempda o‘tdi va unda tomonlar bir-birini o‘rganishga sarfladi. Uchinchi raundda Jalolov faollikni oshirdi va raund so‘ngida raqibini nokdaun holatiga tushirdi.

To‘rtinchi raundda ham Bahodir zarbalar seriyasini yo‘llashda davom etdi. Yana bir nokdaun holatidan keyin hakam texnik nokaut qayd etib, jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa Jalolov professional boksdagi 12-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ularning barchasida o‘zbekistonlik bokschi muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Yuz terisiga zarar yetkazadigan 5 ta mahsulot
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston va Navoiyda pul evaziga “prava” olish imtihonidan o‘tkazishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga tushdi
Mahalliy
Maktabgacha ta’lim agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi