Sobiq futbolchi Mark Overmars mikroinfarktni boshidan o‘tkazdi.
49 yoshli niderlandiyalik sobiq futbolchi o‘zini yomon his qilgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Overmars 2022-yil mart oyidan buyon “Antverpen” klubida sport direktori lavozimida ishlamoqda.
Mark futbolchilik faoliyati davomida “Ayaks”, “Arsenal” va “Barselona” klublari sharafini himoya qilgan.
Hozirda Overmarsning ahvoli yaxshilangan, deya xabar bermoqda Niderlandiya klubi.
Izoh (0)