Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati chorak finalida Italiyaga qarshi maydonga tushdi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

O‘zbekiston vakillari Italiya ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning 4-daqiqasida Haydarali Tursunboyev hisobni ochdi. 19-daqiqada Qudrat Xudoyqulov jarima zarbasini golga aylantirdi. 22-daqiqada Azizjon Azimov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni yiriklashtirdi. 26+1-daqiqada esa Umidjon Abduhalimov ham penaltidan unumli foydalandi. Ikkinchi bo‘limda Ulug‘bek Toshpo‘latov ham gol muallifiga aylandi. 46-daqiqada italyanlar hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi yarim finalga yo‘l oldi. Chorak finaldagi Marokash – Turkiya bahsi g‘olibi yarim finalda O‘zbekiston bilan to‘qnash keladi.

Guruh bosqichida o‘zbekistonliklar Polshani 3:1 hisobida, Ispaniyani 3:0 hisobida, Tanzaniyani esa 2:0 hisobida taslim etib, pley-off bosqichiga chiqqan edi. Nimchorak finalda Kolumbiya terma jamoasi ustidan 4:1 hisobida zafar quchgan.

Amputantlar o‘rtasida Jahon Chempionati

Chorak final

6-oktabr, payshanba

O‘zbekiston – Italiya 5:1

Gollar: 1:0 — 4 Haydarali Tursunboev, 2:0 — 19 Qudrat Xudoyqulov, 3:0 — 22 Azizjon Azimov (penalti), 4:0 — 26+1 Umidjon Abduhalimov (penalti), 5:0 — 45 Ulug‘bek Toshpo‘latov, 5:1 — 46 Vinchenso di Fazio.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi