Daryo

UFC 280. Mahmud Murodov braziliyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi

Murodov UFC’dagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

1 daqiqa o‘qish57 640 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov UFC 280  musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Foto: Getty Images

Murodovga Braziliya vakili Kayo Borralyo raqiblik qildi. Jangning dastlabki raundi teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi raundda Murodov faolroq harakat qildi. Uchinchi raundda esa Borralyo katta ustunlikka erishdi va g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Murodov UFC’dagi beshinchi jangida mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Uchinchi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi. Bundan avvalgi jangda esa Jerald Mirshertga imkoniyatni boy bergandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar