Og‘ir atletika bo‘yicha Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Ruslan Nuriddinov (-109 kg) oltin medalga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik sportchi dast ko‘tarishda 177 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg toshni bo‘ysundirib, uchta yo‘nalishda ham oltin medalga ega chiqdi.
Shu tariqa Nuriddinov ikkinchi marta jahon chempioniga aylandi va bu natijani qayd etgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi.
-109 kg vazn toifasining sovrindorlari:
- Ruslan Nurudinov (O‘zbekiston) — 397 kg (177+220)
- Giorgi Chxeidze (Gruziya) — 389 kg (170+219)
- Rafael Kastilyo (Kolumbiya) — 388 kg (174+214)
Izoh (0)