Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 56,70 so‘mga tushib, 12 357,09 so‘m bo‘ldi;
- yevro 137,75 so‘mga pastlab, 14 330,52 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,37 so‘mga tushib, 153,49 so‘mni tashkil etdi.
Bu dollar kursining yil boshidan buyon qayd etilgan eng past qiymatidir. Undan avvalgi eng past qiymat 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan.
Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.
Izoh (0)