Toshkent shahrida ko‘chalar bo‘ylab odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tungi soat taxminan 2:00 larda Chilonzor tuman Ichki ishlar bo‘limiga kushxonadan qochgan qoramol odamlarga hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shunga asosan xodimlar voqea joyiga yetib borgan.
Xodimning ta’kidlashicha, buqa fuqarolarga qarab yugurgani sababli u xizmat avtomobilida yo‘lni siqib to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Qoramolni to‘xtatmoqchi bo‘lgan inspektorni ham qoramol suzib yuborgan. U olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Bekto‘pi ko‘chasida yugurib yurgani sababli boshqa fuqarolarga shikast yetkazmaslik maqsadida buqaga o‘q otilgan.
Izoh (0)