Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar o‘z ishtirokini yakunladi.
O‘zbekistonlik bokschilar musobaqada ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa O‘zbekiston vakillari ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ilk bor sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bunga qadar kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbek ayol bokschisi shohsupaga ko‘tarilolmagandi.
-50 kg vazn toifasida Aziza Yoqubova yarim finalda kolumbiyalik Lorena Valensiyaga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yoqubova musobaqani bronza medali bilan yakunladi.
+81 kg vazn toifasida harakat qilgan Mohira Abdullayeva JCh yarim finalida marokashlik Haija Mardiga qarshi ringga ko‘tarildi. Abdullayeva 1-raundda oyog‘idan jarohat oldi. Shundan so‘ng hakamlar jangni davom ettirishga ruxsat bermadi va yakunda g‘alaba Marokash vakiliga taqdim etildi. Mohira esa bronza medal bilan kifoyalandi.
Shu tariqa dunyo birinchiligida o‘zbekistonlik bokschilar 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)