Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finalida 4-oktabr, seshanba kuni Kuvaytga qarshi bahs olib bordi.
O‘zbekiston 3:0 hisobida zafar quchdi. Terma jamoa safida Anasxon Rahmatov, Davron Choriyev va Husniddin Nishonov gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa Bahodir Ahmedov shogirdlari yarim finalda Indoneziya ustidan g‘alaba qozongan Yaponiya bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi yarim finalda esa Eron terma jamoasi Tailand bilan bahs olib boradi.
Osiyo Kubogi
Chorak final
4-oktabr, seshanba
Kuvayt — O‘zbekiston 0:3
Gollar: 0:1 — 13 Anasxon Rahmatov, 0:2 — 21 Davron Choriyev, 0:3 — 34 Husniddin Nishonov.O‘zbekiston: Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev.
Zaxira: Rustam Umarov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Anasxon Rahmatov, Davlat Ibragimov, Shahram Faxriddinov.
Izoh (0)