Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 10-iyul tongida UFC Vegas 58 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ushbu MMA oqshomida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Saidyoqub Qahramonov (10-2) ishtirok etdi. Unga Ronni Lourens (8-2) raqib bo‘ldi.

Jang Saidyoqubning ustunligida o‘tdi. Uch raund davom etgan jangda sportchi ochkolar evaziga raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik yakkakurashchi UFC’dagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Qahramonov UFC’dagi debyut jangini Guam vakili Trevin Jonsga qarshi o‘tkazib, raqibini bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi.

Ma’lumot uchun, Saidyoqub Qahramonov 1995-yilning 14-noyabrida Samarqandda tug‘ilgan. Sportchi professional MMA’da o‘nta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘olib bo‘lgan va ikkita jangda yutqazgan. Mag‘lubiyatlaridan birini hozirda UFC’da ishtirok etayotgan Umar Nurmagomedovdan qabul qilib olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg