• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon hafta ichida. Nobel mukofoti sovrindorlari, Qirg‘izistonda yangi davlat to‘ntarishi, Armaniston va Ozarbayjonning Moskvadagi kelishuvi

    Oktabr oyining ikkinchi haftasi ham o‘z nihoyasiga yetdi. An’anaga ko‘ra, bu hafta yakunlariga bag‘ishlangan dayjestimizni e’lon qilamiz.

    Nobel mukofoti sovrindorlari

    Bu safargi dayjestni ilm-fan sohasidagi eng nufuzli hodisa bilan boshlaymiz.

    Shvetsiya va Norvegiyada 5-oktabr kuni Nobel haftaligi boshlandi, haftalik davomida ushbu nufuzli mukofotning 2020-yildagi sovrindorlari aniqlandi. Stokgolmdagi Nobel qo‘mitasi 5-oktabr, dushanba kuni mukofotning tibbiyot bo‘yicha, seshanba kuni — fizika, chorshanba kuni — kimyo, payshanba kuni esa adabiyot bo‘yicha sovrindorlarini e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Dunyodagi eng nufuzlilardan biri hisoblanadigan dunyoda tinchlik o‘rnatishga hissa qo‘shganlik uchun mukofot sovrindori, an’anaga ko‘ra, Osloda e’lon qilindi. Marosim 9-oktabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi. Nobel qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil tinchlik mukofotiga 318 nafar nomzod da’vogarlik qildi, ulardan 211 nafari — jismoniy shaxs bo‘lsa, 107 tasi — tashkilotlardir.

    An’anaga ko‘ra, birinchi navbatda tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha mukofot nomzodlari nomi e’lon qilindi. Ushbu mukofot gepatit C virusini kashf etganliklari uchun Harvi Olter, Maykl Xauton va Charlz Raysga topshirildi. 2019-yilda tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofotiga hujayralarning kislorod yetishmasligiga moslashishini o‘rganganliklari uchun Uilyam Kelin, Piter Retkliff va Gregg Semenza sazovor bo‘lgan edi.

    Fizika yo‘nalishidagi Nobel mukofoti qora tuynuklarni o‘rgangan uch fizik olim – angliyalik fizik Rojer Penrouz, germaniyalik astrofizik Raynhard Gensel va amerikalik astronom Andrea Gezga topshirildi. Penrouz ushbu mukofotga qora tuynuklarning paydo bo‘lishi umumiy nisbiylik nazariyasining ishonchli bashorati ekani, Gensel va Gez esa galaktikamiz markazida supermassa qora tuynuk topilgani uchun sazovor bo‘ldi.

    Kimyo bo‘yicha 2020-yilgi Nobel mukofoti genomni tahrirlash usullarini ishlab chiqqani uchun Emmanuel Sharpantye va Jennifer Dudnega topshirildi. Hozirda Germaniyada ishlayotgan fransiyalik mikrobiolog Sharpantye va uning hamkasbi, amerikalik biokimyogar Jennifer Dudne (AQShning Kaliforniya shtatidagi Berkli universiteti) bir necha yil avval bakteriyalarda ularni viruslardan himoya qiladigan molekulyar “immunitet”ni kashf qildi. Undan turli organizmlar genomlarini o‘ta aniq tahrirlashda foydalanishga erishildi. Bugungi kunda butun dunyodagi olimlar genom tahriridan jiddiy kasalliklarni, shu jumladan, OITS va irsiy kasalliklarni davolashga yondashuvlarni yaratishda foydalanmoqda.

    Nobel qo‘mitasi adabiyot bo‘yicha 2020-yildagi mukofotga amerikalik shoira Luiza Glyukni munosib deb topdi. Mukofot “o‘zining ashaddiy go‘zalligi bilan individual mavjudlikni umumbashariy qiladigan, bexato taniladigan she’riy ovoz uchun” berildi. 2019-yildagi marosimda Shvetsiya akademiyasi birdaniga ikki yil uchun mukofot egalari nomlarini e’lon qilgan — ular polshalik Olga Tokarchuk va avstriyalik Peter Xandke bo‘lgan edi. 2018-yilda adabiyot bo‘yicha mukofot topshirish g‘oliblar haqidagi ma’lumotlarning sizib chiqishi bilan bog‘liq mojaro sababli bekor qilingandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Navbatdagi, tinchlik bo‘yicha mukofotga Butunjahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme) — ocharchilikka qarshi kurashuvchi yirik tashkilot munosib deb topildi. BMTning oziq-ovqat yetkazib beradigan insonparvarlik tashkiloti ocharchilik bilan kurashish borasidagi sa’y-harakatlari, mojaro zonalarida tinchlik o‘rnatish uchun sharoit yaratishga qo‘shgan hissasi va ochlikdan urush va mojaro quroli sifatida foydalanilishining oldini olishga qaratilgan harakatlari uchun mukofotlandi.

    Nobel qo‘mitasi bayonotida ma’lum qilinishicha, 2019-yilda Butunjahon oziq-ovqat dasturi ochlikdan aziyat chekayotgan 88 mamlakatda qariyb 100 million kishiga yordam berdi. Tinchlik mukofoti — Nobel siklidagi oxirgisidan bitta oldingi va Stokgolmda emas, Osloda e’lon qilinadigan yagona sovrin.

    Qirg‘izistondagi manzara

    Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida mamlakat parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalaridan norozi bo‘lgan minglab odamlar ko‘chalarga norozilik namoyishi uchun chiqdi. Militsiya xodimlari namoyishchilarni suv zambaraklari hamda yorug‘lik va shovqin chiqaruvchi granatalar yordamida tarqatib yubordi.

    Namoyish 5-oktabr kuni kunduzi boshlandi, unda qatnashganlar soni olti ming kishiga yetdi. Namoyishni parlamentda deputatlik o‘rniga ega bo‘la olmagan 11 ta partiya qo‘llab-quvvatladi. Namoyishning dastlabki soatlarida militsiya kuch ishlatmadi va yig‘ilganlarni tarqalishga chaqirdi.

    Namoyishchilar hukumat binosi tomon harakatlanib, qarorgoh darvozasini sindirdi va uning hududiga kirishga urindi. Shundan so‘ng, namoyishchilarni tarqatish harakati boshlandi. Kuch tuzilmalari maxsus texnika hamda yorug‘lik va shovqin chiqaruvchi granatalardan, suv zambaraklaridan foydalandi. Namoyishchilar ularga qarata tosh otdi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    To‘qnashuvlar oqibatida namoyishning bir nechta ishtirokchisi jarohat oldi. Ular orasida “Ata Meken” partiyasi yetakchisi Janar Akayev ham bor, u oyog‘idan jarohatlandi. Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ikki nafar militsiya xodimi jarohat olganini ma’lum qildi. Namoyishchilar chiqindi idishlarini ag‘darib, ularni yoqib yubordi. Shahar markazida bir nechta avtomobilga zarar yetkazildi.

    Namoyishlar ortidan mamlakat prezidenti Sooronboy Jeenbekov Qirg‘izistonda hukumatni noqonuniy egallashga urinish yuz berdi, deya bayonot bergan. Namoyishlar to‘xtamadi va namoyishchilar keyinchalik hukumat binosi, Bishkek shahar meriyasini egallab oldi.  Bishkek meriyasi binosiga bostirib kirgan namoyishchilar “Respublika” partiyasidan Qirg‘iziston parlamenti deputatligiga nomzod Jo‘shbek Koyenaliyevni shahar meri deb e’lon qildi.

    Namoyishlar jiddiy tus olganidan keyin Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini bekor qildi. Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Gulnora Jo‘raboyevaning so‘zlariga ko‘ra, komissiya o‘zini o‘zi tarqatib yuborish masalasini ham muhokama qildi. “Ushbu saylov kampaniyasi bilan biz o‘zimizni obro‘sizlantirdik va shuning uchun bu holatda eng yaxshi va to‘g‘ri qaror muddatidan oldin iste’foga chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish deb hisoblayman”, degan u.

    6-oktabr kuni kechga yaqin mamlakat bosh vaziri Kubatbek Bo‘ronov iste’fo berdi. Qirg‘iziston parlamenti sobiq deputat Sadir Japarovni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlash uchun ovoz berdi. Sadir Japarov 5-sentabr kuni namoyishchilar tomonidan Bishkekdagi qamoqxonalardan biridan ozod qilindi. U tartibsizliklar tashkil qilish aybi bilan 10 yillik qamoq jazosini o‘tayotgandi.

    Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti rahbari Doston Jumabekov iste’foga chiqqan edi. Mamlakat prezidenti So‘ronboy Jeenbekov muxolifat bilan muzokaralarga tayyorligini ma’lum qildi. 8-oktabrga kelib, mamlakat xavfsizlik kengashi prezident So‘ronboy Jeenbekovning yo‘qolib qolganini xabar qildi. Ba’zi xabarlarda uning O‘sh viloyatiga uchib ketgani ham aytib o‘tildi. Prezident matbuot xizmati uning Bishkekda ekanini ma’lum qildi.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Keyinroq, prezident  mamlakatdagi vaziyatni huquqiy maydonga qaytarishni istashini va buning uchun barcha “zarur qarorlarni” imzolashga tayyor ekanini aytib bayonot berdi. U davlatning yaxlitligi, xalqning birligi va jamiyatning xotirjamligini birlamchi deb atadi hamda muayyan sharoitlarda lavozimdan ketishga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

    “Joriy vaziyat yana qonuniy o‘zaniga qaytishi, barcha davlat tuzilmalari va hukumat qonuniy maqomga ega bo‘lishi va mamlakat to‘g‘ri yo‘lga tushib olishi bilan prezident lavozimidan ketishga tayyorman”, dedi u.

    9-oktabr kuni davlat rahbari mamlakat hukumatini tarqatib yuborish haqidagi farmonga imzo chekkan. Shuningdek, Xavfsizlik kengashi raisi ham vazifasidan ozod etildi. Qirg‘iz Respublikasidagi tartibsizliklar ortidan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston respublikalari prezidentlari Qirg‘izistondagi voqealar yuzasidan qo‘shma bayonot bilan chiqdi. Hujjat Qozog‘iston prezidenti saytida e’lon qilindi.

    Shuningdek, namoyishlar paytida mamlakatning avvalgi prezidenti Almazbek Atambayev ham qamoqdan ozod qilingan edi. Ammo 10-oktabr kuni u yana qo‘lga olindi. 10-oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti deputatlari “Mekenchil” (“Vatanparvar”) partiyasi asoschisi Sadir Japarovni bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Qirg‘izistondagi beqaror vaziyat davom etmoqda.

    Moskvadagi kelishuv

    Qurolli harakatlar davom etayotgan Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv Moskvada imzolandi. Armaniston va Ozarbayjon Moskvada o‘tkazilgan ko‘p soatlik muzokaralardan so‘ng, 10-oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Qayd etilishicha, tomonlar to‘rtta band bo‘yicha kelishdi:

    1. Harbiy asirlarni va ushlab turilgan boshqa shaxslarni hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish va Xalqaro qizil xoch mezonlariga muvofiq gumanitar maqsadlarda 2020-yil 10-oktabr soat 12:00 dan boshlab o‘t ochish to‘xtatiladi;
    2. O‘t ochishni to‘xtatish tartibining konkret parametrlari qo‘shimcha ravishda kelishib olinadi;
    3. Ozarbayjon va Armaniston YEXHT Minsk guruhi hamraislari vositachiligida kelishuvning asosiy tamoyillari asosida imkon qadar tezroq tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish maqsadida muzokaralarni boshlaydi;
    4. Tomonlar muzokara jarayonining shakli o‘zgarmasligini tasdiqlaydi.
    Kelishuv bandlari uch tomonlama maslahatlashuvdan so‘ng Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tomonidan o‘qib eshittirildi. Armaniston, Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralar 9-oktabr kuni Moskvada boshlanib, 10-oktabr oqshomida yakunlandi. U 10 soatdan ortiq vaqt davom etdi. Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Zohrab Mnatsakanyan va Jayhun Bayramov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-oktabr kuni Moskvaga keldi.

    Mavzuga doir:

    • Turkiya Kavkazga yetib keldi. Rossiya bilan to‘qnashuv muqarrarmi?
    Tog‘li Qorabog‘da keng qamrovli jangovar harakatlar 27-sentabrdan buyon davom etmoqda. Bu mintaqadagi so‘nggi o‘n yillikda kuzatilgan eng jiddiy to‘qnashuv bo‘lmoqda. 8-oktabr kuni Jenevada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi hamraislari — Rossiya, AQSh va Fransiya Tog‘li Qorabog‘dagi nizoni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni boshladi. Unda Ozarbayjon TIV rahbari Jayhun Bayramov ham qatnashdi.

    Avvalroq Rossiya, AQSh va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin, Donald Tramp va Emmanuel Makron Tog‘li Qorabog‘ hududida davom etayotgan jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilgandi.

    Koronainfo

    Koronavirus bu hafta ham o‘sishda davom etdi. Ayniqsa, hafta oxiridagi sutkada dunyo bo‘yicha kasallanish holatlari rekord darajaga yetib, butun dunyo bo‘ylab 383,3 mingta koronavirusga chalinish holati qayd etildi.

    Haftaning oxirgi kuni dunyoda kasallanish holatlaro soni 37 million kishidan oshib ketdi. Ikki kun ichida kasallanganlar soni 1 millionga ko‘paydi: 36 millionlik marradan 8-oktabr kuni o‘tilgan edi. Hozirda dunyo bo‘yicha umumiy kasallanish holatlari soni 38 millionga yaqinlashib qoldi.

    Kasallanish holatlari soni bo‘yicha yuqori uchlikka AQSh (7,9 millionta holat), Hindiston (7 million) va Braziliya (5 million) kiradi.

    Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30-avgustda 25 million, 11-sentabrda 28 million, 14-sentabrda 29 million, 18-sentabrda 30 million, 21-sentabr kuni 31 million, 5-oktabr kuni 35 million kishidan oshgan edi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    12.10.2020, 11:45   Izoh (0)   64895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Emomali Rahmon Tojikiston prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘ldi

    12.10.2020, 11:11

    “Tolibon” AQSh prezidentligi uchun saylovlarda Trampning g‘alaba qozonishi tarafdori ekanini bildirdi

    12.10.2020, 10:42

    Shimoliy Koreya hozirgacha taqdim etilgan qit’alararo ballistik raketalarning eng kattasini namoyish qildi

    12.10.2020, 10:27

    Xitoyda nima uchun koronavirusning ikkinchi to‘lqini yo‘qligiga izoh berildi

    12.10.2020, 09:52

    Kuk oroli bosh vaziri o‘zini deyarli barcha vazirliklarga rahbar etib tayinladi

    12.10.2020, 09:00

    Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 million nafardan oshdi

    12.10.2020, 08:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.