Daryo

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 28 mln nafardan oshdi

To‘rt kun ichida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 million kishiga ko‘paygan

1 daqiqa o‘qish33 988 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 28 million kishidan oshdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: AP Photo

To‘rt kun ichida COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 million kishiga ko‘paygan: 27 millionlik ko‘rsatkich 7-sentabr kuni qayd etilgandi.

Kasallanish bo‘yicha eng ko‘p holatlar AQShda qayd etilgan — 6,3 million. Uning ortida Hindiston (4,4 million) va Braziliya (4,2 million) o‘rin olgan. Ushbu mamlakatlar koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda. AQShda 191,7 ming kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan bo‘lsa, Braziliyada ushbu ko‘rsatkich 129,5 mingni, Hindistonda — 75 ming kishini tashkil etmoqda.

COVID-19 bilan eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan davlatlar o‘ntaligidan quyidagi mamlakatlar ham o‘rin olgan:
  • Rossiya — 1,042 million;
  • Peru — 710 ming;
  • Kolumbiya — 694 ming;
  • Meksika — 652 ming;
  • JAR — 644 ming;
  • Ispaniya — 554 ming;
  • Argentina — 524 ming.
Avvalroq butun dunyoda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 900 ming kishidan oshib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga, 10-avgustda 20 millionga yetgan, 15-avgust kuni esa 21 milliondan, 19-avgust kuni esa 22 milliondan oshgandi. 22-avgustda bu ko‘rsatkich 23 millionga yetgan. 27-avgustda 24 milliondan, 30-avgustda esa butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 25 million nafardan oshgan.

Mavzuga doir: JSST rahbari koronavirus pandemiyasi oxirgi pandemiya emasligini ma’lum qildi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar