Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qonunda issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish natijasida hosil bo‘ladigan uglerod birliklari muomalasini amalga oshirishning tartibini belgilash hamda issiqxona gazlari chiqarilishini tizimli nazoratini taʼminlashga eʼtibor qaratilgan. Qonun bilan:
- issiqxona gazlari ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatiladi;
- uglerod birliklari muomalasi yo‘lga qo‘yiladi;
- hisobot va verifikatsiya tizimi joriy etiladi.
Senatorlar tomonidan qonunning qabul qilinishi Parij bitimiga asosan issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha olingan majburiyatlar O‘zbekiston tomonidan bajarilishini taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan iqlim o‘zgarishi va issiqxona gazlarini qisqartirish sohasida ikki tomonlama hamkorlik loyihalarini samarali amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.
Muhokama yakunida ushbu qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Toshkent viloyatida 618,4 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi. Shuningdek, Samarqandda 1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona fosh bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Bundan tashqari, Toshkentda 590 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangan. Keyinroq esa Namanganda issiqxonada milliardlab so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Shu kabi
- Toshkentdagi issiqxona 440 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
- Toshkentdagi issiqxonalardan biri 440 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
- Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
- Qashqadaryodagi issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 808 mln so‘m zarar yetkazildi
Izoh (0)