Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot”.

Qayd etilishicha, “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bo‘yicha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyatida gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O‘zenergoinspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reydlarda qonunbuzilish holatlari aniqlanmoqda.

Zangiota tumani “Istiqlol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K.B. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan oldin o‘zboshimchalik bilan ulanib, 4 dona nostandart yondirgich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. 

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 684 million so‘mlik zarar hisoblandi.

Yana bir holat Qibray tumanida qayd etildi. Tumanning “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.R. xonadonida issiqxona tashkil qilib, hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. 

Noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 291 million 926 ming so‘mlik zarar aniqlandi.

Noqonuniy holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Gazni o‘g‘irlayotgan ohak sexlari

Mart oyida Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan yashirin ohak sexi fosh etilgan edi. Aprelda esa Farg‘onada 69,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlangan.

May oyida esa yana Farg‘onada 289 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak sexi tashkil etilganligi aniqlangan edi. Avgust oyida Samarqandda 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak sexi tashkil etgan shaxs ushlangandi. 

Sentyabrda Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi mas’ullari davlatga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi. Shu bilan birga, aynan Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 544,6 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushgan edi.

Gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxonalar

Avvalroq Namangandagi novvoyxonada 273 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan edi

Shuningdek, Jizzaxda qariyb 700 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlangan. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida 5 ta novvoyxona tomonidan 771 mln so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangandi.

Shu bilan birga, Urganch tumanida 2 milliard so‘mdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi.

Bundan tashqari, Samarqanddagi novvoyxonada 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi.

Gaz o‘g‘irlayotgan issiqxonalar

Toshkent viloyatida 618,4 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi. Shuningdek, Samarqandda 1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona fosh bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, Toshkentda 590 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangan. Keyinroq esa Namanganda issiqxonada milliardlab so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun, avval

Teglar

Ijtimoiy tarmoqlar: