Toshkent viloyatida 618,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan “Qibraytumangaz” bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.O.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaning Qibray tumanida joylashgan issiqxonada 412,2 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 618,4 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)