• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda

    14-may kuni Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Unda iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasida belgilangan vazifalar bajarilishi holati yuzasidan “O‘zgidromet” xizmati markazi Bosh direktorining axboroti eshitilgan.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari global miqyosga ega bo‘lib, O‘zbekiston hududida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Birgina Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda. Daryolar suvini shakllantiruvchi muzliklarni tobora erib borishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.

    Iqtisodiyot tarmoqlari, qurilish va energiya tejamkorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan strategik dasturlar va ularni ijrosi “O‘zgidromet” tomonidan hisob-kitoblar va tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. Natijada, O‘zbekiston Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi doirasida 2030-yilga yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35 foiz kamaytirishga erishiladi.

    Shuningdek, Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi kiritilgan 51 ta tadbirdan hozirda 16 tasi to‘liq bajarilgan. Qolgan vazifalar ijrosi amalga oshirilmoqda. Jumladan, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 700 gektardan ortiq maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilgan. Chorvoq suv ombori yuqori qismida 66 gektar maydonda yong‘oq va bodom daraxt turlaridan o‘rmonzorlar barpo etilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarida shamol va suv eroziyasidan himoya qilish uchun 500 gektarda ihota daraxtzorlari tashkil etilgan.

    Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qiymati 993 million so‘mlik loyiha, shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida tuproq sho‘rlanishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda Orolbo‘yi mintaqasi sho‘rlangan yerlarida ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan 664,2 million so‘mlik 2 ta startap loyiha moliyalashtirilgan.

    Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish bo‘yicha olib borilgan tahlillar natijasida respublikada yiliga qariyb 1 million tonna tashlanmalar turg‘un manbalardan tashlanishi, shundan, 21,3 foizi energetika sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.

    Bundan tashqari, sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yilda Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan. Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlangan.

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Foto: Senat matbuot xizmati

    Majlisda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda vazirliklar va idoralar tomonidan qisqa va o‘rta muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasida belgilangan ayrim tadbirlarni bajarilishida sustkashliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilgan. Xususan, O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amalga oshirish to‘g‘risidagi 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish ishlari oxiriga yetkazilmagan.

    Bundan tashqari, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish hamda yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi issiqxona gazlar ajratmalarini kamaytirish imkoniyatlarini o‘rganish borasidagi ishlar ham oxiriga yetkazilmagan. Shuningdek, iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilishda texnik normativlarni qayta ko‘rib chiqish “Yangi qurilish qoidalari”ni tasdiqlash tadbiri yakunlanmagan.

    Senatorlar tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan vazifalarni oxiriga yetkazish va boshqa masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq, tegishli taklif va tavsiyalar berilgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi shamol atlasi”ni hamda “O‘zbekiston Respublikasi quyosh atlasi”ni ishlab chiqish shular jumlasidandir.

    Majlisda muhokama etilgan masala yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilingan.

    Avvalroq Orol dengizi tubidan ko‘tariladigan qum va chang bo‘ronlari har yili qancha iqtisodiy zarar keltirishi, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • BMTning iqlim bo‘yicha yig‘ilishida O‘zbekistonning tashkilotdagi doimiy vakili Orol muammosi haqida gapirdi
    • BMT Bosh Assambleyasi Orol dengizi mintaqasi bo‘yicha maxsus rezolyutsiya qabul qildi

    17.05.2022, 00:47   Izoh (0)   13341
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazm viloyatida 6,8 ming dollarni noqonuniy sotishga uringan shaxslar ushlandi

    17.05.2022, 00:35

    Qizargan to‘lin oy, tulkilardan ogohlantirilgan yaponlar, dorixonadagi Kim Chen In. 16-may suratlari

    17.05.2022, 00:18

    Farg‘onada fuqaroni Janubiy Koreya yoki AQSHga ishga jo‘natishni va’da qilib, uni 12,7 ming dollarga chuv tushirgan shaxs ushlandi

    17.05.2022, 00:11

    Samarqandda “qiz talashib” akasini bolta bilan chopib tashlagan erkak 8 yilga qamaldi

    16.05.2022, 23:59

    O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida turizm sohasida 40 dan ortiq memorandum imzolandi

    16.05.2022, 23:47

    Rossiya kompaniyasi Toshkentdagi ko‘chmas mulk obyektlari xaritasini ishlab chiqishi mumkin

    16.05.2022, 23:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.