Qashqadaryodagi issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 808 mln so‘m zarar yetkazildi 

Qashqadaryodagi issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 808 mln so‘m zarar yetkazildi 

Qarshi tumanidagi issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, 808 mln so‘m zarar keltirdi, deb xabar bermoqda “Hududgazta’minot”.

Qayd etilishicha, barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Mana shundan tadbirlardan biri “Hududgaz Qashqadaryo” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Qarshitumangaz” GTB va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida o‘tkazildi.

Tumanning “Batosh” MFYda joylashgan “E.T.B.S.” MCHJga qarashli issiqxonada tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda iste’molchi Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddati o‘tgan va Milliy Metrologiya instituti xulosasiga asosan nosoz bo‘lgan elektron gaz hisoblash uskunasidan foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 808 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Gaz o‘g‘irlayotgan issiqxonalar

Toshkent viloyatida 618,4 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangandi. Shuningdek, Samarqandda 1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona fosh bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Bundan tashqari, Toshkentda 590 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlangan. Keyinroq esa Namanganda issiqxonada milliardlab so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan

Shu kabi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun, avval

Teglar

Ijtimoiy tarmoqlar: