UEFA Chempionlar Ligasi yarim final doirasidagi navbatdagi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” o‘z maydonida “Inter”ni qabul qilib, tomonlar jangovor hisobdagi durangga imzo chekishdi.

Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Markus Tyuram 1-daqiqada kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qilishni uddaladi. 21-daqiqada milanliklar ikkinchi marta “Barsa” kiperini ojiz qoldirdi. Gol muallifi — Denzil Dyumfris. Shundan keyin Hansi Flik jamoasi o‘ziga kela boshladi. Lamin Yamal hamda Ferram Torres ketma-ket ikki marta “Inter” darvozasiga yo‘l topdi va birinchi taymni 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlanishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘lim ham ketma-ket hujumlar bilan boshlandi. Taym o‘rtalariga kelib Italiya klubi yana hisobda oldinga chiqib oldi. Dyumfris 64-daqiqada ikkinchi marta Voytsex Shesnini ojiz qoldirdi. Lekin oradan bir daqiqa o‘tib, “Inter” posboni katta sahnaga chiqdi va uning avtogoli evaziga “ko‘k-anorranglilar” tablodagi natijani tenglashtirdi.
Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tdi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.
Shu tariqa yarim “Barselon” yarim finalning ilki bahsida “Inter” bilan 3:3 hisobida durang o’ynadi.
Ushbu jamoalar o’rtasidagi javob uchrashuvi 6-may oqshomida Milanda bo’lib o’tadi.
UEFA Chempionlar Ligasi
Yarim final
30-aprel, chorshanba
“Barselona” — “Inter” 3:3
Gollar: 0:1 — Tyuram (1), 0:2 — Dyumfris, 1:2 — Yamal (24), 2:2 — Torres (34), 2:3 — Dyumfris (64), 3:3 — Zommer (avtogol, 65)
Izoh (0)