• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Suvni isrof qilma deyish bekor, suvni ko‘p sarflagan qimmat to‘lashi kerak” — iqtisodchi Otabek Bakirov

    Iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram’dagi kanalida suv isrofini kamaytirishning eng muhim yo‘li haqida fikr bildirdi. Mutaxassisga ko‘ra, suv uchun ratsional tariflarning joriy etilishi muammoga asosiy yechimdir.

    Otabek Bakirov
    Foto: Markaziy bank

    So‘ngi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda suv isrofini kamaytirish zarurligi masalasi tez-tez muhokama qilinmoqda. Kecha (22-iyun) bo‘lib o‘tgan parlament majlisida ham Senat raisi Tanzila Norboyeva suv bilan bog‘liq muammolar haqida jamoatchilik bong urayotgani, biroq masʼullar jimligi haqida gapirgan.

    Tanzila Norboyeva 
    Foto: Senat
    “Suvdan ratsional foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rmayapmiz. Dunyoning ko‘plab taraqqiy etgan davlatlarida turmush darajasi qanchalik yuqori bo‘lmasin, suvni asrab-avaylashga nihoyatda jiddiy eʼtibor qaratiladi. O‘zbekistonda esa oddiy kundalik ro‘zg‘or darajasidan tortib, yirik davlat tashkilotlarigacha suvdan oqilona foydalanish madaniyati hali to‘liq shakllanmagan. Ayniqsa, katta shaharlarda suvni isrof qilish, tejamaslik holatlari ko‘proq ko‘zga tashlanadi” — degan rais.

    Iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, suv uchun to‘lovlarning bozor narxida bo‘lishi uning isrof qilinish muammosiga barham beradi.

    “Nemislar ichimlik suvi kubasini 1 400 so‘mdan olishni boshlasa, ular ham basseynini ichimlik suvi bilan to‘ldirishni boshlashi, tomorqasini ichimlik suvi bilan sug‘orishi, mashinasini, gilamini, plitkasini ichimlik suvi bilan yuvishni boshlaydi. Kuniga 400 litr nima bo‘pti, ming litr sarflaydi. Nemislar yaxshi, o‘zbeklar yomon emas. Inson zehniyati va tabiati shunday. Agar turk fermeri suvdan foydalanganlik uchun kubasiga 65 so‘m soliq to‘lasa, u hech qachon tomchilatib yo yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari uchun, kanal va drenajlar uchun pul kiritmaydi, qanday ko‘llatib sug‘orayotgan bo‘lsa, shunday ko‘llatishda davom etadi. Undan keyingi fermer nima bo‘ladi, iroqlik fermerning holi ne kechadi, xayoliga ham keltirmaydi. Chunki inson xudbinlik nuqsi bilan yaralgan. Individual xudbinlikni faqat ijtimoiy xudbinlik bilan samarali boshqarish mumkin.

    Suvni isrof qilma deyish bekor, suvni ko‘p sarflagan qimmat to‘lashi kerak, bo‘ldi. Istalganingcha sarfla, lekin marhamat qilib bozor narxida to‘lab qo‘y. Shunda o‘zbek ham xuddi nemis singari kuniga 125 litr suv bilan kifoya qila boshlaydi, bir stakan suv bilan tishini yuvadi, ikkinchi stakandagi suv bilan soqol oladi, suv oqib yotgan unitazini darrov taʼmirlaydi. Shunda o‘zbek fermeri gektariga o‘n ming kub suv emas, ming kub suv bilan paxta yetishtirish haqida o‘ylay boshlaydi. Sodda tilda bu bozorga o‘tish degani. Ratsional tarif siyosati degani. Hech kim saylamagan chinovniklarni qo‘ya turaylik, biz o‘zimiz bu haqda ochiq gapirishga va yoqimsiz qarorlarga tayyormizmi”, — deb yozgan iqtisodchi.

    Avvalroq iqlimshunos Erkin Abdulahatov suv va energetik tizim muammolarini og‘irlik va bosiqlik bilan hal qilish zarurligiga eʼtibor qaratgandi.

    Erkin Abdulahatov
    Foto: “Daryo”
    “Bizni yaqin yillarda energetik va ekologik inqiroz kutmoqda. U esa suv taqchilligini bo‘rttiradi. Iqtisodchi Otabek Bakirov aytganidek, elektr energiya taʼriflarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida ijobiy hal qila olsak, tabiiy gaz resurslarimizni oqilona to‘g‘ri maqsadlarga yo‘naltirsak, biz kelgusi va keyingi yillik istiqbollarda ham iqlim keskinlashayotgan bir paytda ham barqarorlikka erisha olamiz, ishonavering. Baxtimizga dunyoda haroratni keskin yuqori bo‘lishiga olib keladigan El-Ninyo kabi hodisa bizning mintaqada yanvar-mayda tog‘larda yog‘inlarni ko‘paytiradi. Ammo shu bilan birga, u mintaqada bahor-yozda haroratning yuqori bo‘lishini taʼminlab, sug‘orish maydonlarida ekinlarni tez-tez sug‘orishga “chaqiradi” ham. Buning uchun suv kerak. Ko‘proq suv kerak. Ammo, bizda ko‘proq suv beradigan transchegaraviy daryolar yuqoridan “bo‘g‘ilib” qolgan. Qo‘shni tog‘ davlatlardagi barcha suv omborlari afsuski sug‘orish davrida suv to‘ldirish rejimiga o‘tib olgan. Bu barcha hollarda El-Ninyo shakllangan yillar O‘zbekiston kabi tekislik mamlakati qurg‘oqchilikni kuchli his qilishiga olib kelaveradi. Va biz buni oxirgi yillarda o‘zimizda his qilib turibmiz”, — deb yozgan mutaxassis.

    Erkin Abdalahatovning qo‘shimcha qilishicha, Amudaryo suvidan foydalanish, uni yil davomida taqsimlashda endi Afg‘oniston tomon ham har yillik suv taqsimot guruhiga qo‘shiladi.

    “Endi qandaydir to‘siqlar va agressiv kayfiyatga yo‘g‘rilgan muhokamalar bilan hech narsani hal qilib bo‘lmaydi. Tolibon hukumati markazlashgan boshqaruv tizimini tuzish, Afg‘oniston shimoliy viloyatlarida yangi infrastruktura yaratishga astoydil bel bog‘lagan. Bu shak-shubhasiz barqaror va kafolatli Qo‘shtepa kanali suv rejimi orqali hal qilinadi. Ular rivojlanishi uchun hattoki, bu mintaqaga Qo‘shtepa kanali imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi investitsiyalar jalb qilishlari ham mumkin.

    Markaziy Osiyoda geografik joylashuv jihatidan, Turkmaniston, O‘zbekiston tekislik, Tojikiston va Qirg‘iziston tog‘li hududlarda joylashgan. Tabiat tekislik hududlariga gaz, tog‘larga esa suv resursini inʼom etib qo‘ygan. Amudaryo o‘rta va quyi oqimi mintaqasida suv taqchilligini yumshatsa bo‘ladi. Bunga yechimlar ham bor. Mamlakatlar o‘rtasida puxta uzoq o‘ylangan gaz, elektr energiya va suv ayirboshlash siyosati. O‘zbekiston uchun barchasini amalga oshirish qadamlari tabiiy gaz resurslariga borib taqaladi.

    Turkmaniston va O‘zbekiston birlashib, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan mavjud elektr generatsiyalar orqali qishda afg‘on va tojik tomonga barqaror arzon tok eksportini yo‘lga qo‘yishi, tojik tomon esa bu payt Amudaryo havzasidagi Ro‘g‘on va Nurek suv omborlarini suv bilan to‘ldirishga o‘tishi zarur. Shunda tojik tomon yozda gidroagregatlariga kuch berib o‘zbek va afg‘on tomonga qimmatroq taʼrifda tok eksport qilishi mumkin. Bu Amudaryoda ayni sug‘orish mavsumida suv toshib oqishini taʼminlaydi. Bu manzara turkman uchun ham manfaatli bo‘ladi. Yuqori ehtimol, biz bu payt IESlarga dam berib, unga sarflanishi kerak bo‘lgan gaz resurslarini qishga zaxiralaymiz”, — deya fikr bildirgan iqlimshunos.

    Erkin Abdulahatov xulosa qilarkan, “agrar sektorda anʼanaviy usullar bilan klassik sug‘orishni afzal ko‘radigan O‘zbekiston kabi mamlakat barqaror gaz va elektr energiya resursi orqali tezroq issiqxona va intensiv bog‘larga o‘tishi lozim”, deya fikr bildirgan.

    23.06.2023, 15:58   Izoh (0)   7535
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 24-iyun kuni chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi

    23.06.2023, 15:53

    Yangiyo‘lda g‘alladan bo‘shagan 15 gektar yer yonib ketdi (video) 

    23.06.2023, 15:24

    Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

    23.06.2023, 14:53

    Surxondaryoda Yuqori To‘polang GES ishga tushsa, 1560 ta ish o‘rni yaratilib, 850 mingdan ortiq xonadon elektr energiya bilan taʼminlanadi

    23.06.2023, 14:14

    “Xorijda vafot etgan yurtdoshlarimizni O‘zbekistonga olib kelish davlat tomonidan ta’minlanadi” — Shavkat Mirziyoyev

    23.06.2023, 13:44

    Qashqadaryoda xavfsizligi taʼminlanmagan transformator sabab 7 yoshli bola ikki qo‘lidan ajralib qoldi (foto)

    23.06.2023, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.