• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chilonzorda eksperiment tariqasida gaz ulanmagan 48 ta xonadon 5 kun elektr energiyasisiz qoldi

    24-noyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani sektor rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda tumanning “Sharof” mahallasi fuqarolari o‘zlari yashayotgan ko‘p qavatli uydagi 48 ta xonadonda 5 kundan buyon elektr energiyasi yo‘qligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

    Dilfuza Mirzaahmedova

    Dilfuza Mirzaahmedova
    Foto: “Kun.uz”

    “Mahallamizdagi bir nechta uy eksperiment uchun tanlab olingan: gaz ulanmagan, hamma narsa elektrda. Bu uylarda elektrsiz hayot to‘xtaydi – na choy icha olasiz, na ovqat yeya olasiz... Bugun beshinchi kun, svetsiz o‘tiribmiz. Yoqishadi, otib yuboradi; yoqishadi, yana otib yuboradi. Elektr tarmoqlariga murojaat qildik. Bu bizning ishimiz emas, ‘JEK’ning ishi, deyishdi. ‘JEK’dagilar kelib ulashsa, yana otib yuboryapti. Shu uydagi 48 ta xonadan elektrsiz o‘tiribdi”, – deydi fuqaro Dilfuza Mirzaahmedova.

    Chilonzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Bahodir Xolboyevning izohlashicha, hozirgi sharoitda elektr energiyasiga talab oshishi oqibatida kuchlanish yuzaga kelib, qisqa tutashuv yuz bergan.

    Bahodir Xolboyev

    Bahodir Xolboyev
    Foto: “Kun.uz”

    Xolboyevning so‘zlariga ko‘ra, murojaat qilingan zahoti vaziyat o‘rganilgan. Muammo yer ostidan o‘tgan simlarda ekanini aniqlab, aholi chiroqsiz qolib ketmasligi uchun vaqtincha sim bilan ulab berilgan. Ko‘p o‘tmay, bu sim ham erib ketgan. Besh marta ulangan, ammo baribir oradan biroz o‘tib, yana shu holat takrorlanavergan.

    “Orada qayerdadir sim erigan va yopishib qolgan. Buning uchun butun uydagi elektr bilan bog‘liq simlarni tekshirib chiqish kerak. Shu nuqta topilgach muammoni hal qilish mumkin. Bu bitta bizga bog‘liq holat emas. Biz shu xonadongacha bo‘lgan joyda tegishli yordamni beramiz, lekin uy ichida xizmat ko‘rsatishga haqqimiz yo‘q. Muammo esa uy ichida bo‘lishi mumkin.

    Bu uyga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati javob berishi, fuqarolar ulardan talab qilishlari lozim. Shirkatlar ham o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaramasdan, aholiga qulaylik yaratishda yordam berishsa, yaxshi bo‘lardi.

    Bu muammoni o‘z vaqtida bartaraf qilish kerak. Biz ulab beryapmiz, ammo yong‘in chiqishi ham mumkin. Chunki shirkatning energetikaga mas’ul xodimi buni qabul qilishga tayyor emas”, – deydi Chilonzor tuman “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” rahbari.

    Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametov sayyor qabulda muammo shu kuniyoq hal qilinishi lozimligini aytgan.

    Murojaatchi fuqaro Dilfuza Mirzaahmedovaning 26-noyabr kuni ma’lum qilishicha, 24-noyabrdagi sayyor qabuldan so‘ng shu kuni xonadonlarga vaqtinchalik elektr liniyasi tortib berilgan.

    Avvalroq elektr energiyasidan qarzdorligi ko‘p viloyatlar uchligi e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, viloyatlar ichida eng katta qarzdor “lider” hudud bu — Samarqand.

    Mavzuga doir:

    • Rasul Kusherbayev: 2021-yilda tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun tariflar oshirilmaydi
    • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyatining elektr ta’minoti korxonalarini sudga berdi
    • Senat tomonidan Farg‘ona vodiysida energiya muammosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi
    Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi ortidan elektr va gaz ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelmoqda. Xususan, To‘raqo‘rg‘on, Taxiatosh va Tallimarjon issiqlik energiya stansiyalarida ketma-ket avariyalar yuz bergani ma’lum bo‘ldi. Farg‘ona viloyatida elektr energiyasi ta’minotida 28 soatgacha uzilishlar kuzatilmoqda, xususan, viloyatning O‘zbekiston tumanida o‘n minglab aholi bir sutkadan ortiq elektr ta’minotisiz qolib ketdi. Kattaqo‘rg‘onda elektrsiz qolgan issiqxona bir kechada 35 ming dollar zarar ko‘rdi, qashqadaryolik tadbirkor uch kun elektrsiz qolgani sabab olti mingta tovug‘idan ayrildi.

    27.11.2020, 15:22   Izoh (0)   19331
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning Yadro tadqiqotlari birlashgan institutiga to‘laqonli a’zoligi tiklanadi

    27.11.2020, 15:09

    O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021-yilgi soliq siyosati bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi

    27.11.2020, 14:57

    Toshkentda issiqlik ta’minoti tizimidagi muammolarni bartaraf etish uchun 772,2 mln dollar kerakligi ma’lum qilindi

    27.11.2020, 14:10

    “Xizmat mashinasidan shaxsiy ishlarida foydalanish odatiy hol bo‘lib qolgan”. Akmal Burhonov amaldorlarning xizmat avtomobillaridan foydalanishini tanqid qildi

    27.11.2020, 13:31

    Andijonda fuqaroning qiynoqqa solinishi va kasalxonada vafot etishiga aloqador IIO xodimlariga sud hukmi o‘qildi

    27.11.2020, 13:20

    Bosh prokuratura Trailblazer sotib olganini rad etib, Equinox sotib olganini ma’lum qildi

    27.11.2020, 13:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.