Buxoro viloyatida 1 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi, deb xabar bermoqda “O‘zenergoinspeksiya”.

Unga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Olot tumanida yashovchi fuqaro L.N.ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 22 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Viloyatda bir oy avval ham 2 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan mayning ferma fosh qilingandi.
Fosh qilingan mayning fermalar:
- Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi.
- Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi.
- Andijon va Toshkentda 7,4 mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi.
- Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi.
- Samarqandda 28 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi.
- Toshkent viloyatida mayning ferma tashkil etib, qariyb 140 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi.
Izoh (0)