Toshkent shahrining Yangihayot tumanida 5,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, tumanning Sputnik-3 mavzesidagi “B.B” MCHJga qarashli binoda metall eritish sexi tashkil etilib, gaz taʼminoti korxonasi bilan tegishli shartnomani qayta tuzmasdan, o‘chirish moslamasiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘aga qasddan shikast yetkazgan holda gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 5 mlrd 775 mln so‘mlik zarar hisoblandi.
Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Bunday holatlar soni ortib bormoqda
Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shu bilan birga Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgandi. Shuningdek:
- Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
- Qoraqalpog‘istonning uchta hududida 845 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
- Buxoro va Jizzaxda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 360 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
- Uchta viloyatda qariyb yarim mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Izoh (0)