Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida joylashgan 3,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan “D.C.” MCHJga qarashli AGTKSH aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, MCHJ mansabdor shaxslari “avtopilot-pro” rusumli gaz hisobga olish uskunasining qurilmalariga tashqi taʼsir ko‘rsatib, 1,9 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Bunday holatlar soni ortib bormoqda
Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shu bilan birga, Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgandi. Shuningdek:
- Buxoroda 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
- Qoraqalpog‘istonning uchta hududida 845 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
- Buxoro va Jizzaxda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 360 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
- Uchta viloyatda qariyb yarim mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Gazni o‘g‘irlayotgan ohak sexlari
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan yashirin ohak sexi fosh etilgan edi. Farg‘onada 69,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlangan.
Yana Farg‘onada 289 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak sexi tashkil etilganligi aniqlangan edi. Samarqandda 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak sexi tashkil etgan shaxs ushlangandi.
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi mas’ullari davlatga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi. Shu bilan birga, aynan Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 544,6 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushgan edi.
Izoh (0)