Qashqadaryo viloyatidagi suv yig‘ish inshootida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Koson tumani “Do‘stlik” MFYda Suv taʼminoti tuman bo‘limiga qarashli suv yig‘ish inshootining elektr hisoblagichi shartnomada ko‘rsatilmasdan elektrdan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 280 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Bunday holatlar soni ortib bormoqda
Samarqand viloyatidagi korxonalardan biri 553 million so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shu bilan birga Qashqadaryoda 177 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlangani xabar qilingandi.
Shuningdek, Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan korxona davlatga 1 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgan. Bundan tashqari, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgandi. Shuningdek:
Izoh (0)