Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtiano Ronaldu Yevro—2024 oldidan jamoasining birinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda O Jogo sayti xabar bermoqda.
Ronaldu bo‘lajak Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Finlyandiyaga (4-iyun) qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati yakunlanganidan keyin terma jamoa murabbiylar shtabidan bir haftalik ta’til oladi. Xuddi shu sababga ko‘ra “Al-Hilol” yarim himoyachisi Ruben Nevish ham finlar bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Har ikki futbolchi ham kelasi dam olish kunlari terma jamoaga yetib keladi.
Ma’lumot uchun, Yevro—2024 boshlangunga qadar Portugaliya Finlyandiya termasidan tashqari Xorvatiya (8-iyun) va Irlandiya (11-iyun) bilan o‘ynaydi.
Yevropa chempionati 14-iyundan 14-iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichida portugaliyalikning raqibi Chexiya, Gruziya va Turkiya terma jamoalari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu 2023-yilda erkin agent sifatida “An-Nassr”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda qatnashib, 44 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.
Izoh (0)