Daryo

Ronaldu: “Men 1000 ta gol urmoqchiman va ular videoyozuvlar bilan tasdiqlanadi”

“An-Nassr” klubi hujumchisi faoliyatini yakunlashdan oldin amalga oshirmoqchi bo‘lgan maqsadi haqida gapirdi

1 daqiqa o‘qish45 966 ko‘rishlar0 izoh4

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlashdan oldin amalga oshirmoqchi bo‘lgan maqsadi haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

“Men 1000 ta gol urishni maqsad qilganman, lekin boshqalardan farq shundaki, men kiritgan barcha gollar videoyozuvlar bilan tasdiqlangan”, deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Footmercato nashri Telefoot manbasiga tayanib.

Hozirgacha Ronaldu o‘z faoliyati davomida 924 ta gol urgan, shundan 789 tasi klub darajasida, yana 135 tasi esa Portugaliya terma jamoasi safida kiritilgan. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Pele 1363 ta uchrashuvda 1279 ta gol urgan, deya hisoblanib Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan. Ammo ushbu gollarning nechtasi rasmiy uchrashuvlarda kiritilgani noma’lum.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar