Singapur prezidenti Tarman Shanmugaratnam uch oy ichida o‘tkazilishi kutilayotgan umumiy saylovlar oldidan parlamentni tarqatganini e’lon qildi. Saylov sanasi yaqin kunlarda ma’lum qilinadi.

Bu saylovlar bosh vazir Lourens Vong uchun birinchi saylov sinoviga aylanadi. U 2024-yil mayda uzoq vaqt bosh vazir lavozimini egallab kelgan Li Syan Lunning o‘rniga Xalq harakati partiyasi (XHP) rahbari sifatida tayinlangan edi.
Reuters axborot agentligining yozishicha, XHP deyarli shubhasiz g‘alaba qozonadi va 1965-yilda mustaqillikka erishganidan buyon barcha saylovlardagi kabi ko‘pchilik o‘rinlarni egallaydi.
Saylovlar murakkab iqtisodiy vaziyat sharoitida o‘tkazilishi kutilmoqda. Chunki AQSH prezidenti Donald Tramp joriy etgan bojxona tariflari savdoga bog‘liq bo‘lgan mamlakat iqtisodiy faoliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Kutilayotgan saylovlarda 2020-yildagi oxirgi saylovlarga nisbatan to‘rtta ko‘proq o‘rin bo‘ladi: 97 nafar qonun chiqaruvchi, 15 ta bir mandatli saylov okrugidan hamda har birida 4 yoki 5 a’zo bo‘lgan 18 ta ko‘p mandatli saylov okrugidan saylanadi.
Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Souza respublika parlamentini tarqatib yuborish va 18-may kuni o‘tkaziladigan muddatidan oldingi saylovlarni tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagani xabar qilingandi.
Izoh (0)