Endi qandli diabet xavfini aniqlash uchun qon topshirish shart emas. Tokio universiteti tadqiqotchilari qandli diabet xavfining asosiy ko‘rsatkichi hisoblangan glyukoza darajasini boshqarishni baholashning noinvaziv usulini ishlab chiqishdi. Ularning usuli tanaga taqiladigan va real vaqt rejimida qondagi qand miqdorini kuzatib boradigan uzluksiz glyukoza monitorlari (CGM) ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan. Tadqiqot natijalari Communications Medicine (CM) jurnalida e’lon qilindi.

Qandli diabet ko‘pincha “sokin epidemiya” deb ataladi. Kasallik sezilmay rivojlanadi va asoratlari jiddiy bo‘lishi mumkin. Davriy qon tahlillariga asoslangan an’anaviy tashxis usullari har doim ham erta buzilishlarni — ayniqsa glyukoza darajasi hali me’yorda, ammo beqarorlasha boshlagan oraliq bosqichlarni aniqlay olmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, AC_Var 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfining tan olingan indikatori — dispozitsiya indeksi bilan chambarchas bog‘liq ekan. Boshqa ko‘rsatkich — glyukozaning standart og‘ishi bilan birgalikda bu model yurak ishemik kasalligi kabi xavf va asoratlarni bashorat qilishda an’anaviy testlardan aniqroq natija ko‘rsatgan.
“Yaratilgan algoritm glyukoza darajasining tebranishlari bo‘yicha glikemik nazorati buzilgan bir nechta bemorlarni aniqlash imkonini berdi. Standart testlar esa bemorlarning metabolizmi me’yorda ekanligini ko‘rsatgan edi. Bu shuni anglatadiki, biz qandli diabet rivojlanishining dastlabki belgilarini aniqlay olamiz va tashxis rasman qo‘yilishidan oldin chora ko‘rishimiz mumkin”, deydi Tokio universiteti professori Sinya Kuroda.
Usulni imkon qadar qulay qilish uchun tadqiqotchilar, bemorlar va shifokorlar mustaqil ravishda CGM ma’lumotlarini tahlil qilishlari va xavfni baholashlari mumkin bo‘lgan veb-ilovani ishlab chiqishgan.
Izoh (0)