Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari 9-sessiyasi 30-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga Ilhomboy Xudoybergenovni tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Taklif etilgan nomzodni tuman Kengashining deputatlari qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdi.
Sessiyada Ilhomboy Xudoybergenov To‘rtko‘l tumani hokimi etib tayinlandi.
I.Xudoybergenov mehnat faoliyati davomida Ichki ishlar organlarida, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari kabi lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.
U 2020-yildan buyon tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shamuratov o‘rniga tayinlandi.
To‘rtko‘l tumanining sobiq hokimi Yangaboy Bobojonov 2018-yilning kuzida Ne’matulla Xudoyberganov o‘rniga tuman hokimi etib tayinlangandi. Undan avvalgi hokim Ne’matulla Xudoyberganov esa 2017-yil dekabr oyida tumanga rahbar bo‘lgandi.
Izoh (0)