20-noyabr kuni Xalq deputatlari To‘rtko‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yangaboy Bobojanov To‘rtko‘l tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda To‘rko‘l tumani hokimligi ma’lum qildi, deb yozadi Turon24.
Yangaboy Bobojanov shu vaqtgacha Qashqadaryo viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ham ishlagan.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Muso Yerniyazov va O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov ham qatnashgan.
Shu vaqtgacha 2017-yilning dekabr oyidan buyon Ne’matulla Xudoyberganov To‘rtko‘l tumaniga rahbarlik qilib kelayotgan edi. To‘rtko‘l tumani hokimiligi mutaxassisining ma’lum qilishicha, N. Xudoyberganovning hozircha qaysi ishga o‘tgani aniq emas. U 19 yil davomida (1998—2017-yillar) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim bo‘lgan. Sirdaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi rahbari sifatida bir muddat ishlagan.
Izoh (0)