• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu yo‘l yurtimizni Kaspiy va Qora dengiz portlari orqali Yevropa bozorlari bilan ishonchli bog‘laydigan logistika tarmog‘iga aylanadi” — prezident

    25-oktyabr kuni Qo‘ng‘irot – Beyneu avtomobil yo‘lining yangidan qurilgan 240 kilometr qismi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu yo‘l mamlakatni Yevropa davlatlari bilan bog‘laydigan strategik avtomagistraldir. Lekin uzoq yillik qatnovlar, Orolbo‘yining keskin kontinental iqlimi tufayli yaroqsiz ahvolga kelib qolgandi. Shu bois 2021—2024-yillarda 323 million dollarlik loyiha evaziga zamonaviy qilib qayta qurildi.

    Davlat rahbari marosimda ushbu yo‘lning ahamiyatini alohida qayd etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Endi mamlakatimiz hududlaridan xalqaro tashuvlar masofasi 1 ming kilometrgacha, transport xarajatlari esa 25 foizgacha kamayadi. Bu yo‘l yurtimizni Kaspiy va Qora dengiz portlari orqali Yevropa bozorlari bilan ishonchli bog‘laydigan logistika tarmog‘iga aylanadi. Yana bir muhim jihati – “A-380” xalqaro yo‘lagining O‘zbekistondan o‘tgan qismida kunlik transport qatnovi 3 karra oshadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Yo‘l jahon standartlariga har tomonlama mos, tekis va ravon. U avvalo xalq, qolaversa, xorijiy turistlar va yuk tashuvchilarga qulay va xavfsiz harakatlanish imkonini beradi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Avvalroq “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” xalqaro avtomobil yo‘lining boshqa qismlari taʼmirlangan edi. Shu yil 29-fevral kuni Amudaryo ustida Qoraqalpog‘iston bilan Xorazmni bog‘laydigan yangi ko‘prik ochildi. Bunday ishlar odamlar harakatiga qulaylik yaratib, iqtisodiy faollik oshishiga, tadbirkorlik rivojlanishiga ham qo‘shimcha turtki bo‘ladi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi yo‘l atrofida 200 dan ziyod savdo-servis obyekti va sanoat korxonasi paydo bo‘ladi. Shuning hisobidan dastlab 2 mingta, kelgusida esa yana 5 mingta ish o‘rni tashkil qilinadi. Shu tariqa, Qoraqalpog‘istonda tranzit va boshqa xizmatlar hajmi yiliga 200 million dollarga, mamlakat eksporti esa kamida 300 million dollarga oshishi uchun mustahkam zamin yaratiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu magistral yo‘l o‘tadigan To‘rtko‘l, Ellikqalʼa, Beruniy, Nukus, Xo‘jayli, Shumanay, Qonliko‘l, Qorao‘zak va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi 1 milliondan ziyod aholi hayoti o‘zgaradi.

    Prezident mazkur loyihada ishtirok etgan quruvchi va ishchilarga, Osiyo taraqqiyot bankiga, Turkiya, Ozarbayjon va xitoylik pudratchilarga, Janubiy Koreya va italiyalik konsultantlarga minnatdorlik bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    “Yo‘l va ko‘prik qurib, odamlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilish eng savobli ishlar qatorida turadi. Biz bunyodkor yo‘lsozlarning timsolida ana shunday olijanob, elning duosi va rahmatiga sazovor bo‘lib kelayotgan zahmatkash insonlarni ko‘ramiz. Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladigan bunday ezgu ishlarimiz yanada ko‘paysin”, dedi davlat rahbari.

    Mazkur 240 kilometr yo‘lning ikki tomoni – Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani hamda “Dovud ota” bojxona postida hozir bo‘lganlar teleko‘prik orqali aloqaga chiqdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamnuniyat bilan yo‘lning ochilishiga ruxsat berdi. Ushbu quvonchli voqea bilan barchani muborakbod etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Marosimda davlat idoralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

    Shu yerda davlat rahbariga muhandislik inshootlarini monitoring qilish tizimi taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, ko‘priklarning muayyan nuqtalariga elektron uzatgichlar o‘rnatiladi. Ular orqali mustahkamlik va xavfsizlik darajasi, hozirgidek belgilangan muddatlarda emas, doimiy nazorat qilib boriladi. Kundalik meʼyordan o‘zgarish sezilsa, muammo tezda aniqlanib, vaqtida chora ko‘riladi. Bu ko‘priklarning uzoq vaqt yaxshi saqlanishini taʼminlaydi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, bu tizim natijasida mablag‘ tejaladi. 20 ga yaqin qog‘oz shakldagi hisobotlar raqamlashtiriladi. Monitoring maʼlumotlari 30 yilgacha saqlanadi.

    Shunday birinchi loyiha Toshkent xalqaro aeroportiga eltuvchi, Bobur ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichda qo‘llandi. Marosimda ushbu transport bog‘lamasi ham to‘liq ochildi. Uning umumiy uzunligi 702 metr, eni 46 metr. Shuningdek, 2 ta aylana va 4 ta yoysimon “qanot”lar barpo etilib, Kichik halqa yo‘li hamda Sodiq Tolipov ko‘chalari bilan samarali bog‘langan. Bu qayrilib olishga hojat qoldirmay, avtomobillar harakatini osonlashtirdi. Umuman, ushbu transport bog‘lamasi 1 soat ichida 5 mingta, bir kecha-kunduzda 132 mingta avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident bu tizimni avval poytaxtimizdagi 114 ta ko‘prikda va keyinchalik barcha ko‘priklarda tatbiq etish zarurligini taʼkidladi.

    Aytish joizki, mamlakatimizda keyingi sakkiz yilda 2 ming kilometr yo‘l qaytadan qurilgan, 100 ming kilometri taʼmirlangan. Eng muhimi, bunda sifat o‘zgarmoqda, yangi turdagi polimer-beton, sement-beton qoplamalar keng qo‘llanilmoqda. Natijada yo‘llardan foydalanish muddati 1,5 barobargacha uzaymoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda kelgusi yil yana ming kilometr yo‘l qurish bo‘yicha 10 ta yirik loyiha rejalashtirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    25.10.2024, 21:51   Izoh (0)   7426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#Qoʻngʻirot – Beyneu#Toshkent xalqaro aeroporti#yoʻl oʻtkazgich

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef bilan uchrashuv o‘tkazdi   

    23.10.2024, 22:36

    Qozonda BRIСS sammiti ishtirokchilarini qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi

    24.10.2024, 01:06

    Oshgan dollar kursi, savol ostidagi YouTube, Senatdagi “davlat sirlari” va uyidan ayrilgan “Dok-1 Maks” aybdori. 23-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    24.10.2024, 00:58

    Shavkat Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

    24.10.2024, 08:20

    Toshkent shahar hokimligi drenaj tizimini yaxshilash uchun 6 mlrd so‘m ajratdi

    24.10.2024, 13:55

    “Tinch aholi, ayniqsa, bolalarning begunoh qurbon bo‘lishini hech qanday siyosiy maqsadlar oqlay olmaydi” — Shavkat Mirziyoyev 

    24.10.2024, 16:18

    “O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning ajoyib sur’atlarini namoyish etmoqda” — Putin  

    24.10.2024, 18:12

    “Jahon iqtisodiyoti va savdosining parchalanib borayotgani tengsizlik, texnologik uzilishlar va protektsionizmni kuchaytirmoqda” — O‘zbekiston prezidenti

    24.10.2024, 17:13

    Xanoy shahrida 2025-yili O‘zbekiston — Vyetnam biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

    24.10.2024, 17:20

    Shavkat Mirziyoyevning Qozon shahriga amaliy tashrifi yakunlandi

    24.10.2024, 18:29

    Prezident bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi 

    24.10.2024, 20:23

    “O‘zbekiston investitsiyalar kiritishga eng qulay mamlakatlardan biridir” — Serbiya sobiq prezidenti 

    24.10.2024, 21:20

    Dunyo AQSHdagi saylovlardan nima kutyapti? 

    25.10.2024, 10:21

    “BRIKS plyus” formatidagi sammitda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev, yangidan tashkil etilgan Migratsiya agentligi, Toshkent drenaj tizimini yaxshilash uchun ajra...

    24.10.2024, 22:40

    KXDR uchirgan chiqindi sharlari Seuldagi prezident majmui ustida yorildi

    24.10.2024, 23:47

    Qirg‘iziston madhiyasi qayta yoziladi

    25.10.2024, 13:10

    Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylarini tabrikladi

    25.10.2024, 12:42

    Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Toshkent viloyatidan yana yer ajratildi

    25.10.2024, 14:10

    Foto: O‘zbekiston ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir

    25.10.2024, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.