Shavkat Mirziyoyev 19-aprel kungi videoselektor yig‘ilishida mahallabay ishlash tizimi va aholi bandligini ta’minlash masalalarida kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarni tanqid qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
“Hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija ko‘ringani yo‘q. Misol uchun, 450 ta mahallada ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori. Bunday mahallalar soni Toshkent viloyatida 59 ta, Farg‘onada 52 ta, Andijonda 45 tani tashkil etib, qolgan hududlardan ko‘p”, — degan prezident.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq boshlig‘i qat’iy ogohlantirildi. Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-o‘rinbosarlari lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirilgan. Shuningdek:
- Oltinko‘l tumani, Zarafshon shahri hokimlari;
- Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Kosonsoy, Nishon, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Shovot, To‘rtko‘l, Tomdi, To‘raqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Farg‘ona tumanlari, Navoiy, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hokimlarining 1-o‘rinbosarlari;
- Karmana, Forish tumanlari prokurorlari;
- Yangiyer, Shahrisabz shaharlari, Forish tumani IIB boshliqlari;
- Nurota, Muzrabot, Shahrisabz, Mirzacho‘l tumanlari soliq boshliqlari;
- respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod etilgan.
Izoh (0)