“Real” Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Valensiya”ga qarshi bahs olib bordi.
Madridliklar penaltilar seriyasida “ko‘rshapalaklar”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Ushbu uchrashuv Karlo Anchelotti uchun “qaymoqranglilar” bosh murabbiyligidagi 200-o‘yin bo‘ldi.
“Real”ni boshqargan faqatgina uch murabbiy: Migel Munyos (605 o‘yin), Zinedin Zidan (263) va Visente del Boske (246) undan oldinda.
Anchelotti 2021-yildan buyon “Real”ni boshqarib kelmoqda. Italiyalik mutaxassis 2013-yildan 2015-yilga qadar ham Madrid jamoasi bosh murabbiyi vazifasida ishlagan.
Izoh (0)