Madridning “Real” jamoasi La Liga 5-turida “Betis” ustidan g‘alabaga erishdi (2:1).
Bu Karlo Anchelotti uchun “Real” boshqaruvidagi 133-g‘alaba bo‘ldi va italiyalik mutaxassis bu borada Visente del Boskega yetib oldi.
Buning uchun Anchelottiga 180 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Del Boske esa 133 ta g‘alaba uchun 246 ta o‘yin sarflagandi.
“Real” bilan g‘alabaga erishish borasida Migel Munyos rekordchi hisoblanadi. Uning hisobida 357 ta g‘alaba bor. Keyingi o‘rindan esa Zinedin Zidan (172) joy olgan.
Izoh (0)