Super o‘rta vazn toifasida ringga chiqadigan o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi aniq bo‘ldi. Bu haqda sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sportchi 30-may kuni AQSHning Nevada shtati, Las Vegas shahridagi Virgin Hotels majmuasida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga amerikalik Daryus Fulghem raqiblik qiladi.
Mazkur jang super o‘rta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs g‘olibi keyingi jangini aynan titul uchun o‘tkazadi. Meliqo‘ziyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Fulghem to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.
Ma’lumot uchun, Bektemir faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o‘tkazib, 15 ta g‘alaba (10 KO) va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Daryus hisobida 14 ta jangda qo‘lga kiritilgan 14 ta g‘alaba (12 KO) bor.
Izoh (0)